Shundan ma’rifatparvarlik
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy
qoloqlikni ilm-fan, madaniy-ma’naviy merosni o‘rganish yor-
damida bartaraf etishga qaratilgan g‘oyaviy harakat sifatida vu
judga keldi. Ma’rifatparvarlik ijtimoiy taraqqiyot sari borayotgan
ilg‘or ziyolilar dunyoqarashini ifodalar edi. Shuni alohida
ta’kidlash zarurki, 0 ‘rta Osiyo mamlakatlarida m a’rifatparvarlik
harakati o‘lka chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan, mus-
tamlakachilik siyosati avj olgan bir paytda shakllandi.
Bunday
holat, shubhasiz, 0 ‘rta Osiyoda ma’rifatparvarlik harakatiga o‘z
ta’sirini o'tkazdi.
0 ‘rta Osiyo mamlakatlarida ma’rifatparvarlik o‘z taraqqiyoti-
ning dastlabki bosqichida, ya’ni
XIX asrning ikkinchi yarmida,
o‘tmish avlod madaniy-ma’naviy merosini, musulmon axloqi-
odobi qoidalarini targ‘ibot va tashviqot qildi. Odamlarni bilim,
ilm egallashga chaqirdi. Mavjud ijtimoiy-iqtisodiy
tuzum qoloq-
ligini, kishilar madaniy-ma’naviy saviyasi pastligini tanqid qildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy qoloqlikdan chiqish, jam i
yatni insonparvarlashtirish yo'llarini izladi. Bunday kayfiyatni
XIX asrning ikkinchi yarmida ijod etgan ma’rifatparvarlar Ahmad
Donish,
Berdimurod Berdah, Sattorxon Abdulg‘afforov, Furqat
asarlarida ko‘rish mumkin.
Buxorolik ma’rifatparvar Ahmad Donish1 butun jamiyatni
inson manfaatiga bo‘ysundirmoq uchun odamlar xulq-atvorlarini
tubdan o'zgartirmoq lozim.
Buning uchun, eng awalo, inson
o'zining kimligini, nimadan tashkil topganini bilmog'i zarur,
deb hisoblardi.
Uning tushuntirishicha, inson tana bilan ruh
birligidan iborat. U o‘z asarlarida tana bilan ruhning o‘zaro
aloqadorligi haqida fikr yuritib, inson tanasi bilan ruhini birini
ikkinchisidan ajratib bo'Imaydi, chunki «ruh
jismda barhayot-
dir, jismdan tashqarida ruh yo'qdir»2, deb yozadi.
Ahmad Donishning fikricha, ruh ikki ko'rinishga ega bo‘ladi.
Birinchi ko‘rinishda ruh-sof, muqaddas ilohiy bo‘lib, hamma
Dostları ilə paylaş: