toriyati» she’rida «To‘rt yuz yillik Romanov bitgach davlati,
ko'tarildi asorat, xo‘rlik illati», «Bir sanjoqda to ‘plansin islom
davlati», deb hayqirgan edi1. Uning bunday fikr-mulohazalari
jadidchilik harakatining shakllanishi va rivojlanishiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatdi.
XIX asrning oxiri — XX asrning boshlarida ma’rifatparvarlik
harakati o‘zining yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Uning zaminida
jadidchilik harakati vujudga keldi. Jamiyat hayotini insonparvar
lashtirish, boshqacha aytganimizda, insonparvar, demokratik jami
yat qurish g‘oyasi 0 ‘rta Osiyoda keng tarqalgan jadidchilik hara
katining bosh g‘oyasi edi2. Jadidchilik — jahon sivilizatsiyasi
yutuqlari, xususan, ilg‘or ilm-fan, m adaniyat-m a’naviyatga,
milliy va umuminsoniy qadriyatlar birligiga asoslangan, ijtimoiy-
iqtisodiy, madaniy-ma’naviy qoloqlikka, chor Rossiyasining mus-
tamlakachilik istibdodiga qarshi, milliy mustaqillikni barqaror
etishga qaratilgan demokratik harakat edi3.
Jadidchilik harakati shakllanishi va rivojlanishida 0 ‘rta va Yaqin
Sharq mamlakatlari, Qrim, Qozon, Ufa ilg‘or ziyolilarining dinda
islohot o‘tkazish haqidagi fikr-mulohazalari turtki bo‘lganligini
unutib bo‘lmaydi. Tarix sahnasiga ma’rifatparvarlik g‘oyalarini
taig‘ibot va tashviqot qilish bilan kirib kelgan jadidchilik XX asr
boshida xalq demokratik va milliy ozodlik, milliy mustaqillik uchun
kurash harakatiga aylandi. Jadidizm ma’rifatparvarligi 0 ‘rta Osiyo
da insonparvarlik g‘oyalarini taig'ibot qiluvchi yirik nazariy oqim
darajasiga ko‘tarildi. Jadidizmning g‘oyaviy-nazariy asoslarini yara-
tishda, uning maqsad va vazifalarini keng mehnatkashlar om-
masiga tushuntirishda Mahmudxo‘ja Behbudiy, M unawar qori
Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Abdulvo-
hid Burhonov, Abdulla Avloniy, Cho'lpon, Qodiriy, Fayzulla
Xo‘jayevlaming xizmatlari beqiyos edi.
Jadidizm namoyandalari jamiyat hayotini insonparvarlashti
rish, demokratlashtirishning asosiy sharti 0 ‘rta Osiyo mam-
Dostları ilə paylaş: