Inson
ma’naviy-axloqiy qiyofasini ulug'laydigan fazilatlardan
biri, Avloniyning fikricha, vijdondir. Vijdon yaxshi xulqlaming
manbai bo‘lgani uchun ham, bu ko‘zguga chin nazar qilgan
kishi o‘z ayb va kamchiliklarini darhol tuzatish yo‘llarini qidiradi.
Boshqalaming nuqsonlari, qusurlarini topishga bunday kishida vaqt
topilmaydi1. Inson o'zining kundalik faoliyatini shu oyna vositasi
bilan boshqarib turishi zarur, degan fikmi bayon qiladi.
Abdulla Avloniyning tushuntirishicha, insonning ma’naviy-
axloqiy fazilatlaridan biri — muhabbatdir. Lekin muhabbatni
erkak bilan ayol o'rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi oddiy
bir tuyg'u deb qaramaslik zarur. Shuning uchun ham, Avloniy
muhabbatni insondagi sadoqat va xayrixohlik, yuksak olijanoblik
ramzi, kishiga ulug'vorlik bag'ishlovchi, qalblarga surur va poklik
ato etuvchi buyuk tuyg‘u, deb hisoblaydi. 0 ‘zining «Turkiy
guliston yohud axloq» asarida: «Muhabbat deb bir narsani
suymakni aytilur. Dunyodagi insonlar mehr va muhabbat soya-
sida yasharlar. Har bir ishni muhabbat orqasida ishlarlar. Mu-
habbatsiz kishi hech bir ishni ishlamakg‘a g‘ayrat va jasorat
qilolmas. Dunyo ne’matidan lazzat ololmas. Agar bir shogird
ilm va muallimni suymasa, ishtaha ila o‘qimasa, maqsudiga
yetolmas. Yer yuzidagi insonlami urishma-taloshmalarga qovush-
tirgan, siynalarini dushman o‘qiga nishona qildurgan narsa din
va millatlarning, Vatan va davlatlaming muhabbatidir. Kishini
kecha va kunduz tindurmasdan qul kabi mehnat va mashaqqat-
larga ko'krak berib ishlatadurgan narsa Vatan va bola-chaqalar-
ning mehr-u muhabbati emasmu?»,2 deb yozgan edi.
Abdulla Avloniyning ta’kidlashicha, inson ma’naviy-axloqiy
barkamolligining eng muhim alomatlaridan biri — Vatanga bo'lgan
muhabbatdir. Vatanni sevish, Vatan bilan faxrlanish, insonning
eng katta boyligidir. Shuning uchun ham, ajdodlarimiz m a’naviy
merosining «Kishi yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z yurtingda
cho'pon bo‘l», degan buyuk qoidaga amal qilib, har bir xalq-
ning, har bir millatning Vatanga muhabbat tuyg‘usini qadrlaydi.
«Biz turkistonliklar o‘z Vatanimizni ortiq sevganimiz kabi arablar
Dostları ilə paylaş: