— butun mavjudotning sohibidir. Chunki insonning aql-zakovati
bor. U shu qudrat yordamida ilm egallaydi, ilmi tufayli butun
dunyoni boshqaradi. Aql — insonning pir-u komil, murshid-u
yagonasidir. Ruh — ishlovchi, aql — boshlovchidir. Inson o'zining
aql-farosati tufayli boshiga tushadigan har qanday balo-qazodan
saqlanadi, deb fuqarolar, ayniqsa, yoshlar aqliy kamoloti haqida
tinimsiz qayg'urish — insonparvar jamiyatning muhim vazi-
falaridan biri bo'lishi lozimligini ta’kidlaydi1.
Inson aqliy kamoloti haqida qanday qayg‘urgan bo‘lsa, uning
idroki to ‘g‘risida ham shuncha qayg'uradi. Idrokni inson fikrini
o‘stirishning, ziyraklikning asosi deb bilardi va inson yoshligi-
dan o‘z idrokini o'stirishga, uni mustahkamlashga alohida e’tibor
berishi zarur, deb hisoblaydi2.
Avloniyning ta’kidlashicha, fikr tarbiyasi uzoq zamonlardan
buyon buyuk mutafakkirlar e’tiborini o‘ziga tortib keldi. Fikr —
insonning sharofatli va g'ayratli bo‘lishiga sabab bo'ladi. Fikr tar
biyasi muallimlaming diqqat-e’tiboriga, vijdoniga yuklangan eng
muhim vazifadir. Fikming quwati, ziynati, kengligi — muallim
tarbiyasiga bog'liq. Xullas, Abdulla Avloniy inson fikrini o‘stirishni
oilaga emas, maktabga, muallimlar zimmasiga yuklaydi.
Abdulla Avloniy insonparvar, demokratik jamiyat kishisida
umuminsoniy madaniyat, umuminsoniy qadriyatlar talablariga
javob beradigan chinakam insoniy fazilatlar, xislatlar bo'lishini
istaydi. Uning tushuntirishcha, insonning eng muhim axloqiy
fazilatlari: sabr, qanoat, intizom, deb hisoblaydi. Xususan,
intizomni inson hulqi-odobini tarbiyalovchi, uni mukammallash-
tiruvchi manba deb biladi. Intizomga qattiq rioya qilishga chor-
laydi. Agar yer yuzida intizom bo'lmasa edi, insonlar bir daqiqa
yashay olmas edilar, deydi. Intizom — inson manfaatini hamma
narsadan ustun qilib qo'ygan jamiyat taraqqiyoti uchun, ayniq
sa, zarur ekanligini alohida ta ’kidlaydi. Bo‘lg‘usi insonparvar,
demokratik jamiyat uchun zarur bo'lgan yangi tartib-intizom-
lami tavsiya etadi. Jamiyatda o'rnatilgan tartib-intizomga rioya
qilmagan kishilarning ishlari hamma vaqt notamom, o‘zlari
parishon bo'lishlarini eslatib o‘tadi.
Dostları ilə paylaş: