davlat, milliy armiyani shakllantirishdan iborat bo‘lmog‘i lozim.
Chunonchi, o‘zining «Bayni haqiqat»
maqolasida Turkistonning
mustaqil milliy davlatini, milliy armiyasini shunday tasawur
qilgan edi:
Biz musulmonlar, xususan, Turkiston musulmonlari
istaymizki, hech bir kishi bizning din va millatimizga zulm va
tahdid qilmasin va bizning ham boshqalarga
tahdid qilmoqqa aslo
fikr va niyatimiz yo‘q... Rusiya musulmonlarining har bir shu’basi
muhit va jug'rofiy mamlakatlarini hududi taibiyasi bo‘yincha ayrim
bo‘laklarga bo'linib, o‘z taraflaridan o‘z hurriyat va odatlariga
muvofiq idora qilinsa...
Biz istaymizki, Turkiston hukumati ta’sis
etsak, o'zimizning parlamentimiz bo‘lsa. Turkiston musulmonlari
o‘z shariat va odatlariga, o‘z zakon va
dinlariga muvofiq tiriklik
qilsunlar... bora-bora tadrijiy suratda askarlarimiz bo'lsun... milliy
askarlarimizning vazifasini,
qiyofat va shaklini, libos va tarz
maishatini o'zimiz tayin qilurmiz1'.
Behbudiyning fikriga ko‘ra, davlatni boshqarishda mam-
Iakatning
turli din, millat va elatga mansub fuqarolari ishtirok
etishlari darkor. Mamlakatda xalqaro demokratiya normalari asosida
parlament saylovlari o'tkazganda
turli millat, elatlaming teng
huquqli ishtirokini ta ’minlash lozim. Fuqarolar orasida do‘st-u
birodarlik bo‘lishi, turli millat va elatlaming tili, dini, urf-
odatlarining daxlsizligini ta’minlashga alohida e’tiborda bo‘lish
zarur ekanligini alohida ta ’kidlaydi.
Behbudiy jamiyatni to'la insonparvaiiashtirish
uchun mamlakatni
idora qilish uslublarini tubdan o'zgartirish lozim, deb hisoblaydi.
Mamlakat siyosiy-ijtimoiy boshqaruvini isloh qilishga, milliy mus-
taqillikni ta’minlashga qaratilgan bir qator takliflar beradi2.
Jamiyat hayotini insonparvarlashtirish —
fuqarolaming milliy
ongi, milliy g'ururi bilan bevosita bog‘liq ekanligini ancha erta
tushunib yetgan jadidizm namoyandalaridan biri M unaw ar qori
Abdurashidxonov edi3.
Dostları ilə paylaş: