IV. KLASSIK VA NOKLASSIK FALSAFADA INSON INTELLECTUAL IMKONIYATLARINING ULUG‘LANISHI XVIII
va XIX asrlarda Yevropada yaratilgan nemis falsafasi
chinakam klassik falsafa bo‘lib, unda Renessans davridan XIX
asrgacha inson fikrlash madaniyatida sodir bo‘lgan eng muhim
o'zgarishlar o‘z ifodasini topgan edi. Butun Yevropa falsafly
tafakkuri taraqqiyotining barcha yutuqlari unda mujassam edi1.
Klassik falsafaning eng muhim xususiyati, uning tadqiqot
markazida inson intellektual imkoniyatlari, ya’ni inson aqli
muammolari turgan. Chunki inson o ‘zidagi aqliy qobiliyatlar
tufayli olamda sodir bo'layotgan o‘zgarishlarni ilg‘ab oladi.
0 ‘sha o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi sabablari haqida fikr
yuritadi va borliqning turli shakllari to ‘g‘risida m a’lum tasav-
vurga ega bo‘ladi.
Klassik falsafa namoyandalari har kishida o‘ziga xos fikrlash,
bilish qobiliyati, yoxud «individual aql» mavjud, lekin odamdagi
«individual aql»dan tashqarida turgan aql ham mavjud, deb
tushuntirdilar. Shuning uchun g‘oya, tushuncha, nazariya, norma
va qadriyatlar individdan ajralgan holda mavjud. Inson olamni
o'zidagi intellektual qobiliyatlar, malakalar va o‘zidan tashqarida
mavjud bo'lgan ruhiy faoliyat yordamida ЬШЬ oladi, degan fikr-
mulohazalami bayon qildilar. Bunday fikr-mulohazalar, tabiiyki,
o‘sha davrda «Xudo aqli», «Absolyut g‘oya», «Olamni boshqa-
ruvchi oliy aql» kabi teologik va idealistik konsepsiyalaming yara-
tilishiga sabab bo‘ldi. 0 ‘z navbatida, klassik falsafa aql insonning
oliy darajadagi qobiliyati (Kant), degan fikrdan «Xudo aqli»
(Gegel) tomon siljib borishi bilan ajralib turadi.
Shuningdek, klassik falsafaning o‘ziga xos xususiyatlaridan
yana biri inson aqlini rivojlantirishda fan yutuqlariga tayanish
tendensiyasining ortib borishi bilan izohlanadi. Shunday qilib
klassik falsafa inson hayotini yaxshilashning, to ‘q-farovon, erkin
yashashning eng muhim omili aql, deb hisoblaydi. Inson aqli
ilmiy bilish yordamida uzluksiz rivojlanib boradi. Inson aqliy