O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Abdurauf Fitrat 1884-yiIda Buxoroda tug'ilgan. Boshlang‘ich m a’lumotni diniy



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Abdurauf Fitrat 1884-yiIda Buxoroda tug'ilgan. Boshlang‘ich m a’lumotni diniy
maktabda olgan. Mirarab madrasasida o'qigan. 1909—1913-yilIarda Turkiyaning
Istanbul shahrida saboq olgan. 1917-yiIdan e ’tiboran yosh buxoroliklar partiyasi
markaziy qo‘mitasining sarkotibi bo'lgan. 1921-yilda Buxoroga kelgan. 1923—1924-
yiliarda Moskvadagi Sharq tillari institutida ilm iy xodim b o‘lib ishlagan. Shu
yillarda professorlik unvoniga ega bo'lgan. Moskvadan qaytgach, Buxoro, Samar-
qand, Toshkent universitetlarida dars bergan. 0 ‘zbekiston Davlat ilmiy tadqiqot
institutida, Til va adabiyot institutida, 0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasida ishla­
gan. 1938-yilda millatchi, xalq dushmani deb sho‘ro hokimiyati tom onidan otib
o'ldirilgan.
325


olijanob vazifani davlat tizimini isloh qilish, uni qayta qurish 
orqali amalga oshirish mumkin, deb o'ylardilar. Xususan, yosh 
buxoroliklar jamiyat hayotini insonparvarlashtirishning eng muhim 
sharti davlatni isloh qilish deb bilardilar. Shuning uchun ham, 
yosh buxoroliklar Buxoro amiri Sayid Olimxonni davlatni is­
loh qilish, uni qayta qurishga chaqirdilar.
Abdurauf Fitratning fikriga ko‘ra, davlat tizimini isloh qi­
lish uchun, eng awalo, fuqarolar ongi va faoliyatiga mus- 
tahkam o‘rnashib olgan mol-dunyoga hirs qo'yish, uning cho'risi 
bo'lish kayfiyatlariga zarba berish zarur. Foyda ketidan quvish 
psixologiyasining salbiy oqibatlarini fosh etish darkor. Bunday 
holatni uning 1920-yilda yozgan «Chin sevish» asaridan darhol 
bilib olish mumkin. Ushbu asarda mol-dunyo to ‘plashga hirs 
qo'yish, pul-u oltinga sajda qilishning ortib borishi bilan odam- 
larda mehr-oqibat kamayib borayotganligi badiiy bo‘yoqlar yor­
damida tasvirlab berilgan.
Abdurauf Fitrat davlat tizimini isloh qilish, uni qayta qu­
rish jarayonini jadallashtirmoq uchun fuqarolarda mustaqil fikr­
lash malakalarini shakllantirish lozim, deb hisoblaydi. Bunday 
g‘oya uning «Shaytonning Tangriga isyoni» (1924) dramasida o‘z 
ifodasini topadi. Shuning uchun ham ushbu she’riy dramani 
olmon tiliga tarjima qilgan, uni alohida risola qilib chop etiigan 
professor Ingeborg Boldauf asarni ekzistensializmning namuna- 
si, deb baholaydi. Xozirgi zamonning fitratshunos o‘zbek tad- 
qiqotchilari (masalan, N.To'raqulov) ushbu asami Dantening 
«Ilohiy komediya»siga tenglashtirmoqdalar.
Shunday qilib, XX asrning ikkinchi yarmida 0 ‘rta Osiyoda 
shakllangan ma’rifatparvarlik, XX asrning boshida asta-sekin rivoj- 
lanib, yirik ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy harakatga aylandi. 
Jadidchilik harakatining g'oyaviy-nazariy asoslarini jadidizm tashkil 
etar edi. Jadidizm o‘tgan asrning boshida milliy-ozodlik, milliy- 
istiqlolga chorlovchi yirik g'oyaviy-nazariy qarashlar va uni amalga 
oshirish yo'llari, uslublari va usullarini o'zida mujassamlashtir- 
gan yaxlit ta ’lim ot darajasiga ko'tarildi. Ushbu qudratli 
ta ’limotning asosiy maqsadi — inson taqdiri edi. ^turkiston 
fuqarolarini zulm va zo'rlikdan, ijtimoiy adolatsizlik va tengsiz- 
likdan, m adaniy-m a’naviy tanazzuldan, Chor Rossiyasining 
kolonial istibdodidan qutqarish, ozod-farovon hayot qurish, 
boshqacha aytganimizda, insonparvar, demokratik jamiyat qurishga 
qaratilgan edi.
326



Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin