O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Lyudvig Andreas Feyerbax 1804-yilda Bavariyaning Landstut shahrida huquq-



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə260/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Lyudvig Andreas Feyerbax 1804-yilda Bavariyaning Landstut shahrida huquq-
shunos oilasida tug‘ilgan. 1823-yilda gimnaziyani tugatgach, Gaydelburg universiteti
ilohiyot fakultetiga o ‘qishga kirgan. Univeisitetni tugatmagan. Berlin universiteti fal­
safa fakultetini tamomlagan. Erlangen universitetida o'qituvchi b o‘lib ishlagan. Xris-
tian dini qoidalarini tanqid qilgani uchun universitetdan haydalgan. Shundan so‘ng
shahami tark etgan, qishloqda yashagan. Butun umrini yangi din — muhabbat dini
yaratishga sarflagan. 1827-yilda vafot etgan. Uning antropologik falsafasining asosiy
g'oyalari « 0 ‘lim va abadiylik haqida ba’zi mulohazalar», «Gegel falsafasini tanqid»
(1838-y.), «Xristianlikning mohiyati» (1841-y.) asarlarida bayon qilingan.
2 Фейербах JI. Избранные философские произведения. В двух томах. Том
1. М ., 1955, 202-bet.
3 O lsha asar, 31—32-betlar.
336


aqlning yagona yetaklovchisidir. Mutafakkirning ta ’kidlashicha, 
insondan tashqarida turadigan hech qanday ilohiy aql yo‘q, 
bo‘lishi ham mumkin emas.
Feyerbax uchun inson, eng awalo, moddiy obyekt, falsa­
faning yagona munosib, universal va «oliy predmetidir». U in­
sonni psixofiziologik mavjudot, deb tushuntirdi. Bunday g'oyani 
olg‘a surgan mutafakkir Gegelning inson to‘g‘risidagi abstrakt 
qarashlariga qarshi bordi. Ayniqsa, insonni Xudo yaratdi, degan 
flkrni rad qildi. Feyerbaxning ishontirishicha, insonni Xudo 
yaratgan emas, aksincha, inson Xudoni yaratgan, Xudo obrazi- 
ning o‘zi, inson ruhi proeksiyasidir, yohud «inson tabiatining» 
begonalashuvidan boshqa narsa emas.
Gegelning inson to ‘g‘risidagi abstrakt qarashlarini rad etgan 
Feyerbax, uning dialektik iste’dodidan ham foydalanmadi. Bu 
Feyerbaxning inson to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarida ham namoyon 
bo‘ladi. Gegelga qarama-qarshi o'laroq, Feyerbax «inson tabiati- 
ni» belgilashda uning biologik tomonlarini ulug‘ladi. Boshqacha 
aytganimizda, insonda insoniy fazilatlarni shakllantirishda va uni 
rivojlantirishda biologik omillar rolini absolutlashtirdi. Natijada
inson faoliyatida his-tuyg‘uning ahamiyatini bo'rttirib ko‘rsatdi. 
Individ faoliyatining sodir bo‘lish sabablari, odob, axloqiy nor­
malar, ijtimoiy munosabatlar — bularning barchasi Feyerbax 
tomonidan antropologik prinsip bilan o‘lchandi.
Feyerbaxning tushuntirishicha, inson olamni bilishga qodir. 
Chunki unda olamni bilish uchun zarur bo'lgan barcha sezgi 
organlari bor. U insonning sezgi organlarini falsafaning olamni 
bilish borasidagi organlaridir, deb ta’kidlaydi. Inson olamni na­
faqat aql imkoniyatlariga, balki his-tuyg‘u ma’lumotlariga tay- 
anib ham biladi. Chunonchi, hissiyot yordamida yaxshilikni, 
yomonlikni, bir ibora bilan aytganda, inson ichki olamida 
bo'layotgan o‘zgarishlami bevosita yoki bilvosita sezadi. Chunki 
hissiy bilish bevosita yoki bilvosita bo'lishi mumkin. Feyerbax 
yozganidek, «Nafaqat tashqi, balki ichki, nafaqat tana, balki 
ruh, nafaqat narsa, balki «Men» sezishning predmetidir. Shu­
ning uchun ham hamma narsani bevosita yoki bilvosita hissiy 
bilish mumkin»1.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin