uchun g‘oyalarni bilish hodisa va voqealarni bilishdan farq qi
ladi. Uning ishontirishicha, g‘oya!arni bilmoq uchun inson «o‘z
shaxsidan voz kechmog‘i» darkor. Chunki g‘oyalarni bilish jara
yonida insonning dunyoqarashi butkul o‘zgarib ketadi.
Shopengauer irodaning o‘ziga xos xususiyatlarini bilishda
san’at, xususan, musiqa katta ahamiyatga ega ekanligini alohida
ta’kidlaydi.
Chunonchi, san’atning boshqa sohalari irodani qis-
man o ‘zida aks ettirsa, musiqa irodaning o‘ziga xos xususiyat
larini o‘zida to‘la mujassam etadi. Shuning uchun ham,
inson
irodasini mustahkamlashda musiqaning ta’siri beqiyosdir. Chu
nonchi, musiqa o'zida hayotning asl mohiyati, qaymog‘ini aks
ettiradi. U hissiyotlar, ehtiroslar tilida gapiradi.
Shopengauer inson irodasini haddan ortiq ulug‘lash hayot-
dan to‘la qoniqmaslik tuyg‘usining rivojlanishiga ham sabab bo‘lishi
mumkinligiga e’tibomi qaratadi.
Hayotdan qoniqmaslik, turli iz-
tiroblar, zerikish, bir ibora bilan aytganda,
uzluksiz norozi
bo‘lib yashash, shubhasiz, baxtsizlikka olib keladi. Shuni unut-
maslik zarurki, deb ogohlantiradi faylasuf, iztirob va zerikish
insonning tabiatiga xos azaliy xususiyatdir.
Shuningdek, inson
tabiatiga xos uchta azaliy xislat: xudbinlik, g'azab-nafrat, rahm-
shafqat mavjud.
Xudbinlik, g‘azab-nafrat insonni ma’naviy in-
qiroz tomon yetaklasa,
rahm-shafqat uni
ma’naviy yetuklik to
mon boshqaradi. Shuning uchun ham, rahm-shafqat, ya’ni
rahmdillik ma’naviy yetuklik poydevoridir. Faqat rahmdillik —
haqiqiy insonparvarlik va adolatni belgilab
beruvchi buyuk qudrat-
dir, degan xulosaga keladi.
XIX
asrning antiklassik falsafasiga inson muammosini olib
kirishda mashhur nemis faylasufi Fridrix Nitsshening xizmatlari
beqiyos edi1. Artur Shopengauer qarashlariga mahliyo bo‘lgan
Fridrix Nitsshe (1844— 1900-y.) inson erkin faoliyat ko'rsatishi
uchun unda hokimiyat bo‘lishi darkor, degan g‘oyani olg‘a surdi.
Uning tushuntirishicha, hokimiyat inson amaliy faoliyatini er
kin harakatga keltirish uchun turtki beradi. Nitsshe o ‘zi yashay
otgan jam iyatni qattiq tan q id qildi.
0 ‘sha
jam iyatni
m a’naviyatsizlikda, axloqsizlikda aybladi. 0 ‘z navbatida, «hazrati
inson» shaxsining hokimiyat tomon uzluksiz intilishi zaruriyat
ekanligini isbotladi.
Dostları ilə paylaş: