V. ANTIKLASSIK FALSAFA VA INSON BORLIG‘I XIX
asrning 40—50-yillari Yevropa falsafiy fikrlash taraqqi-
yotida ulkan burilishlar pallasi bo‘lib, klassik falsafa an’analariga
zid fikrlash madaniyati — antiklassik falsafa shakllana boshladi.
Antiklassik falsafa qoidalari: personalizm, neopozitivizm, prag-
matizm, ssentizm, radikalizm, simvolizm va kosmizm, ayniqsa,
ekzistensializm kabi falsafiy oqimlarda o‘z ifodasini topdi. An
tiklassik falsafa klassik falsafa tamoyillarini qayta ko'rib chiqishni,
hatto uning ba’zi qoidalaridan umuman voz kechishni taklif
etdi.
Klassik falsafa qoidalariga keskin qarshi chiqish, uning qoi-
dalariga mutlaqo zid bo'lgan antiklassik nuqtayi nazardan yon-
dashish kayfiyati ekzistensializm falsafasining buyuk namoyan
dalari, daniyalik olim S.Kyerkegor, germaniyalik faylasuflar
A.Shopengauer, F.Nitsshe, O.Shpengler, rossiyalik faylasuflar
N. A. Berdyaev, L.I.Shestov, ispan yozuvchisi M. de Unamuno
asarlarida o‘z ifodasini topdi.
XIX
asrning mashhur faylasuflaridan biri Seren Kyerkegor
(1813—1855-y.) aytganidek1, falsafa inson hayotining barcha qir-
ralarini ko‘ra bilish, uning his-hayajonlari, tashvish-u quvonch-
larini o‘z vaqtida ilg‘ab olishi, har bir kishi o‘zligining, o‘ziga
xos «Men»ining, yaxshilik va yomonlikning farqiga borishi lozim.
Klassik falsafa esa inson muammosiga beparvolik bilan qarar,
inson to ‘g‘risida abstrakt, umumiy fikr yuritar, tirik kishining
tashvishlariyu quvonchlaridan, fikr yuritish madaniyatidan yi-
roq edi.
S.Kyerkegor fikriga asosan, XX asr inson falsafasida tub
sifatiy burilish yasamog‘i zarur edi. Daniyalik faylasuf birinchi-
lardan b o iib falsafiy leksikonga «ekzistensiya» degan tushuncha-
ni kiritdi. Ekzistentsiya deganda, inson borlig‘ining mavjudlik
usuli, insonning mohiyati emas, balki inson shaxsining bilib
bo‘lmaydigan, takrorlanmas, ya’ni uning noobyektiv holatlari
tushuniladi. Uning ekzistensialistik qarashlari: «Yoki-yoki» (1843-
y.), «Qo'rquv va titroq» (1843-y.), «Qo'rquv tushunchasi»
(1844-y.), « 0 ‘lim kasali» (1849-y.) asarlarida bayon etilgan.