Shunday qilib, Marks bilan Engels
klassik falsafa qoidalarini,
ayniqsa, Gegel va Feyerbax falsafiy qarashlarini tanqidiy tahlil
qildilar, asosiy qoidalarini rivojlantirdilar va noklassik falsafani
yangi bosqichga ko‘tardilar. 0 ‘z
navbatida, nemis klassik falsa-
fasiga yakun yasadilar. Marks va Engels munosib hissa qo'shgan
noklassik falsafaning eng muhim yutuqlaridan biri — inson
to‘g‘risidagi yangi dialektik konsepsiyaning yaratilganligidir.
Ushbu
konsepsiyaga muvofiq, har qanday jamiyat inson tabiatiga o‘z
tuzatishlarini kiritadi. Jamiyat qanday bo‘lsa, o‘sha jamiyatda
shakllangan inson qiyofasi ham shunday bo'ladi. Shuning uchun
ham, inson qiyofasida mavjud bo‘lgan
barcha yaxshi fazilatlar
ham, yomon illatlar ham jamiyatda mavjud bo‘lgan ishlab
chiqarish munosabatlari bilan bevosita bog‘liq bo'ladi.
Marksizmning davomchilari Marks va Engels yaratgan ush
bu dialektik konsepsiyani ijtimoiy hayotga, ayniqsa,
insonning
ruhiy-m a’naviy kamol topish jarayoniga tadbiq etishda qo‘pol
xatolarga yo‘l qo'ydilar. Xususan, bunday murakkab jarayon-
dagi milliylik va umuminsoniylik o‘rtasidagi dialektik aloqadorlik
mexanizmi
sinfiylik, revolyutsion zo'ravonlik prinsiplariga
bo‘ysundirildi. K.Marks va F. Engels orzu qilgan «real guma-
nizm» unga qarshi bo‘lgan antigumanizmga aylantirildi. Oqibat
da, kishilarning m a’lum qismi o ‘zining
ongi va faoliyatini
tahlil qila bilmaslik kasaliga giriftor bo‘ldi. M a’naviyati zaifla-
shib qolgan millionlab kishilar totalitar jamiyatning kichik
«murvatchalariga» aylanib qoldilar.
347