K.Marks asos solgan inson to ‘g‘risidagi
yangi dialektik
konsepsiyani XIX asming yetmishinchi yillarida F. Engels o‘zining
«Maymunning odamga aylanishida mehnatning roli» (1876-y.)
asarida birinchi marta inson — antropogenez jarayonining mah-
suli ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Antropogenez jara
yonining sodir bo‘lishida mehnatning roli yangi dalillar bilan
isbotlab berildi. F.Engels ta’kidlaganidek, mehnat — bu «kishilik
jamiyatini maymunlar to‘dasidan ajratib turuvchi ifodali bel-
gidir»1.
Inson mehnat
faoliyatini tahlil qilish, o'rganish, F. Engels
fikriga ko‘ra, antropogenez va sotsiogenez jarayonlari o'rtasidagi
dialektik aloqadorlikning mohiyatini ochib berdi.
F.Engelsning ta’kidlashicha, antropogenez uzoq davom eta-
digan va murakkab jarayon bo‘lib, o'zining dastlabki bosqichida
o ‘tmish
davriga mos, ya’ni odam bilan hayvon orasidagi mavju-
dotga xos shaklni tashkil etadi. Ushbu jarayonni har tomonlama
tahlil qilgan F.Engels inson va kishilik jamiyati taraqqiyoti hamisha
bir tekisda sodir bo'lmasligi,
balki sakrab-sakrab, notekis rivoj-
lanishi haqidagi muhim qoidani bayon qildi. Uning tushunti-
rishicha, har qanday jamiyatning ham vujudga kelishida tikla-
nish va oyoqqa turish davri bo'ladi. Shu davrlar o‘z
navbatida
o‘sha jamiyatga xos insonning ham shakllanish davrlari bo'ladi.
F.Engelsning «Maymunning odamga aylanish jarayonida
mehnatning roli» asarida olg‘a surilgan inson to ‘g‘risidagi
g‘oyalar, uning boshqa asarlarida, jumladan, «Oila,
xususiy
mulk va davlatning kelish chiqishi» (1884) nomli asarida yanada
rivojlantirildi. Bu asarida F.Engels inson faoliyatini chuqurroq
tahlil qildi. Chunonchi, insonning
faoliyati doirasiga insonni
inson ishlab chiqishini ham kiritdi. F.Engelsning fikriga ko‘ra,
ishlab chiqarish bevosita hayotning o ‘zini takror ishlab
chiqarishdan iboratdir. 0 ‘sha jarayonning o‘zi ikki ko‘rinishda:
bir tomondan, yashash uchun zarur vositalar, ya’ni
oziq-
ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, uy-joy, uning uchun kerak
bo'lgan
jihozlar ishlab chiqarishda, ikkinchi tomondan esa,
insonning o ‘zini ishlab chiqarish, ya’ni jinsni davom ettirishda
namoyon bo‘ladi2.
Dostları ilə paylaş: