1
Iogani Gotlib Fixte 1762-yilda tug'ilgan. A w al Iena, keyinroq Lepsig uni-
versitetlarini tugatgan. Xonadon o ‘qituvchisi b o‘lib ishlagan. 1755-yilda Iena uni-
versitetida professor b o‘lgan. 1805—1806-yillarda Erlangen va Kenigsberg univer-
sitetlarida m a’ruzalar o ‘qigan. 1810-yilda Berlin universitetining dekani bo'lgan.
1814-yilda vafot etgan. U ning falsafiy qarashlari «Fanshunoslik» (1794), «Yopiq
savdo davlati» (1800) asarlarida bayon etilgan.
330
yati shundan iboratki, u ong bilan faoliyat orasidagi o‘zaro
aloqadorlik mexanizmining mohiyatini ochib berishga harakat
qildi. Uning e’tirof etishicha, inson ongi bilan faoliyati birli-
gining asosida doimo harakatda bo‘lgan inson o‘zligining ifo-
dasi «Men» yotadi. «Men» insonning fikrlash doirasida mavjud
bo'lgan barcha o ‘zgarishlarni o'ziga qamrab oladi, shuning
uchun ham «Men» yuksak faollikka ega bo‘lgan fikrlovchi
subyektdir.
Fixtening ta’kidlashicha, inson «Men»idan tashqarida tur
gan «Men emas» ham borligini unutmaslik darkor. «Men emas»,
shubhasiz,«Men»ga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Hatto uning maz-
munini ham belgilab berishi mumkin. Faylasufning e’tirof
etishicha, insonning fizik tabiati uning tabiiy mayllaridan tarkib
topgan. Shuning uchun ham, ba’zan «Men emas» «Men»ning
rivojlanishiga ichki stimul beradi. Xuddi shu holat, o‘z navbati
da, insonning axloqiy burchini bajarishiga to ‘siq bo'ladi, inson
axloqini yemiradi. Insondagi «Men emas» qancha kuchli bo‘lsa,
«Men»ning axloqiy imkoniyatlari shuncha zaif bo‘ladi. Shunday
qilib, Fixte inson «Men»i bilan «Men emas» orasidagi o‘zaro
aloqadorlik, o‘zaro ta ’sir mexanizmining mohiyatini ochib
berishga harakat qiladi.
Fixtening fikriga muvofiq, «Men» bilan «Men emas»ning o‘zaro
aloqadorligi ulaming bir-biriga mos tushishi yoki tushmasligi in
son ongi va faoliyatining birligini ta’minlovchi qudratli omildir.
Xuddi shu qoida Fixte dialektikasining mag'zini tashkil etadi.
Lekin, deb ta’kidlaydi faylasuf, «Men» bilan «Men emas» orasida
gi o'zaro aloqadorlik, o'zaro ta’sir mexanizmining mohiyatini
faqat aql imkoniyatlari yordamida emas, balki uni bilishda ong
sizlik elementlari ham ishtirok etadi. Ko‘rinib turibdiki, Fixte
insonning ongi bilan faoliyati orasidagi o'zaro aloqadorlikni, o‘zaro
ta’simi bilishda nafaqat onglilik, balki ongsizlik ham ishtirok etishini
e’tirof etadi.
Fixte «Men» bilan «Men emas» orasida ziddiyat mavjudligi,
o‘sha ziddiyat inson ongi va faoliyati orasidagi o‘zaro aloqador
lik, o‘zaro ta’sir mexanizmi o'zgarib turishi uchun ichki stimul
berishini isbotlab berdi. U «Men» bilan «Men emas» oarsidagi
o'zaro aloqadorlik, o'zaro ta ’sir mexanizmining mohiyati man-
zarasini quyidagicha ta ’riflaydi. Chunonchi:
331
1. «Men» o'zining mavjudligini rasman tasdiqlaydi (tezis).
2. «Men» «Men emas»ning mavjudligini rad etadi (antitezis).
3. «Men» «Men emas»ning mavjudligiga iqror bo'ladi (sin-
tez).
Fixtening tushuntirishicha, «Men emas» «Men»ga o‘xshash
yoki uyqash emas, balki u inson ongining, ya’ni «Men»ning
mahsulidir. Ushbu holat inson atrofini o‘rab turgan butun olam
inson ongiga bog'liq emasligidan dalolat beradi. «Men» va «Men
emas» haqida fikr-mulohaza yuritganda falsafiy fikrlash madani-
yatining turli qirralari, bir ibora bilan aytganda, inson o‘zligini
ifodalovchi dastlabki subyekt «Men» haqida so'zlaymiz.
Fixtening inson ongi va faoliyati orasidagi o'zaro aloqador-
lik, o'zaro ta’sir haqida fikr-mulohazalaridan ko‘rinib turibdiki,
«Men» «Men emas»ni, o‘z navbatida, «Men emas» «Men»ni
vujudga keltiradi. Doimo harakatda bo‘lgan bunday g'ildirak holatni
tavsiflash uchun nemis mutafakkiri «intellektual intuitsiya» tus-
hunchasini falsafiy muomalaga kiritadi.
Intellektual intuitsiya insonning aqliy faoliyatiga ichki stimul,
quw at berib turadi. Intellektual intuitsiya inson erkinligi bilan
bog‘liq. Shuning uchun ham Fixte inson erkinligining holati,
darajasini aniqlash — falsafaning eng muhim vazifalaridan biri
bo‘lmog‘i lozim, deb hisoblaydi va inson erkinligi namoyon
bo‘lishining turli ko‘rinishlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi sis-
temani yaratishga kirishadi. 0 ‘zi tuzib chiqqan ijtimoiy siste-
mani «erkinlikning dastlabki sistemasi», deb ataydi. Ushbu sis-
tema insonni turli ijtimoiy zug‘umlardan, ularning quli, cho'risi
bo‘lish kabi yaramas g‘ayriinsoniy illatlardan himoya qiladi.
Fixtedagi inson erkinligi muammolari haqidagi fikrlash fran-
suz ma’rifatparvarlari ta’sirida hosil bo‘lgan edi. Insonning erkin
lik tomon intilishi zaruriyatga asoslangan amaliyot natijasida
sodir bo'ldi. Nemis mutafakkirining fikricha, inson erkinligi
darajasini kishilardagi donishmandlikdan emas, balki o‘sha kishi
faoliyat ko‘rsatayotgan tarixiy davr, tarixiy shart-sharoitdan
izlash lozim. Shuning uchun ham odamlar faoliyatidagi xud-
binlik, ichi qoralik sabablarini Germaniyadagi ijtimoiy-iqti-
sodiy tuzumning qoloqligidan qidiradi. Kishilar insoniy fazilat-
lari, xislatlarini yanada rivojlantirmoq uchun Germaniyadagi
ijtimoiy qoloqlikni tugatish zarur, deb hisoblaydi va mam-
332
lakatda «biqiq savdo davlati» barpo etishga qaratilgan bir qa-
tor takliflar, loyihalar ishlab chiqadi. Fixte ishlab chiqqan
loyihada Germaniya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining o'ziga xos
xususiyatlarini aniqlab berish bilan birga, nemislami ilohiy-
lashtirishga, uni boshqa millatlardan ustun qo'yishga qaratilgan
ba’zi mulohazalar ham bor edi.
Insonning aqliy faoliyati bilan uning onggi orasidagi o‘zaro
aloqadorlik muammolari haqida nemis klassik falsafasining namo-
yandalaridan biri Shelling Fridrix Vilgelm Iozef1 ham bir talay
fikr-mulohazalarni bildirdi. Shelling ong deganda «intellektual in-
tuitsiya» natijasi, hosilasini tushundi. Lekin uning fikriga ko‘ra,
«intellektual intuitsiya» hamma kishiga xos xislat emas, balki mumtoz
kishilaiga, ayrim talantli odamlaiga xosdir, deb tushuntirdi.
Insondagi ong, eng awalo, o‘z zaruriyati uchun xizmat
qiladi. Ana shu ma’noda inson ongi erkin bo‘ladi. Lekin kishi-
laming erkin fikrlashi qandaydir qonun asosida sodir bo'ladi.
Boshqacharoq aytganimizda, inson erkin fikrlashi qandaydir
qonuniyat asosida ro‘y beradigan jarayondir. Shellingning fikriga
ko'ra, xuddi shu jarayonda ruh bilan tabiat, subyekt bilan
obyekt, erkinlik bilan zaruriyat qo'shilib-qorilib ketadi.
Shelling ta’limotining asosiy mavzusi — bilish jarayonidagi
obyekt bilan subyekt orasidagi o'zaro aloqadorlikni o'rganishga
qaratilgan. Uning tushuntirishicha, bilish jarayonida obyekt bi
lan subyekt aloqadorligi ayniyat qonuni asosida sodir bo‘ladi.
Bu qonunga muvofiq inson aqliy faoliyati birlikdan ko'plik tomon
siljib boradi. Ana shu jarayonda inson o‘zini o‘zi anglaydi.
Shelling falsafasida inson erkinligi muammolari asosiy o‘rin
egallaydi. Uning «Inson erkinligining mohiyati haqidagi va shu
bilan bog'liq predmetlar to ‘g‘risidagi falsafiy tadqiqot» (1809-y.)
asarida xuddi shu muammoga katta e’tibor berildi2.
Dostları ilə paylaş: |