O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Sattorxon Abdulg‘afforov 1843-yilda Chimkent shahrida yirik mudarris oila-



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A


Sattorxon Abdulg‘afforov 1843-yilda Chimkent shahrida yirik mudarris oila-
sida tug'ilgan. Boshlang'ich m a’lum otni ona shahrida olgan. 1862-yilda Toshkent-
dagi Shukurxon madrasasini tugatgan. 1873-yilda Chimkent muftisi etib tayinlan-
gan. 1873-yilda Chimkentga ochilgan rus-tuzem maktabida o'qituvchi bo‘lib ish-
lagan. 1876-yilda Q o‘qon shahriga qozi qilib yuborilgan. 1879-yilda Q o‘qon shahar
bilim yurtining faxriy nazoratchisi b o ‘lgan. 1881-yilda Toshkentga qaytib kelgan.
1884-yildan 1889-yilgacha Toshkent o ‘qituvchilar seminariyasida dars bergan. 1889-
yilda Chimkent shahar qozisi b o‘lgan. 1901-yilda vafot etgan.
' Zokirjon Xolmuhammad o ‘g ‘li Furqat 1859-yilda Q o‘qon shahrida tug‘ilgan.
Dastlabki bilimni mahallasidagi maktabda olgan. 1883-yilda Q o‘qon madrasasiga
o ‘qishga kiradi. Q o‘qonda ijtim oiy-siyosiy vaziyat keskinlashgach, o ‘qishni davom
ettira olmaydi. 1889-yilda Toshkentga keladi. Nafaqat m usulm on, balki jahon ada-
biyotining yutuqlari bilan tanishadi. 1891-yilda Samarqandga keladi. Turkiya,
Yunoniston, Bulg‘oriya, Misrga, 1892-yilda esa Arabistonga, 1892-yil Bombey,
1893-yilda Kashmirga sayohat qiladi. 0 ‘sha yili Qashqarga, Kashmir-Tibet orqali
U yg‘ur o'lkasiga keladi. Yorkentda uzoq yil yashaydi va 1909-yilda vafot etadi.
310


yanglishgan va xato qilgan bo'Iamiz, chunki bunday bilimga 
hayvonlar ham egadirlar. Agar biz shu bilim bilan kifoyalan- 
sak, ulardan hech farq qilmaymiz, biz o'zimizning qanday 
ekanligimizni, qayerdan kelib chiqqanligimizni va qayerga 
borishimizni, bu dargohga nima uchun kelganligimizni, baxt va 
bebaxtlik nimadan iborat ekanligini bilishimiz zarur. Bulami bilish 
uchun asosiy vosita ilmdir, ilmning turlari va boshqa fanlardir. 
Ilm olishning asosiy maqsadi — foydali xizmat qilishdir1.
Sattorxon Abdulg‘afForov fikriga asosan, jamiyatni insonpar- 
varlashtirishning asosida ilm-fan, m a’rifat yotmog‘i zarur. Ilm- 
£an jamiyat farovonligini, fuqarolar ruhiy-ma’naviy kamoloti- 
ning garovidir. Uning tushuntirishicha, ilm-fan taraqqiyotiga 
erishishning eng muhim vositasi — boshqa mamlakatlar, boshqa 
xalqlar bilan do'stona munosabatda bo'lish, ular bilan turli 
madaniy-ma’rifiy aloqalami rivojlantirishdir.
Turli xalqlar orasidagi do'stlik, birodarlik aloqalarini rivoj- 
lantirish — jamiyatni insonparvarlashtirishning muhim sharti 
ekanligini Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat ham qayta- 
qayta ta ’kidlaydi. Jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan bahramand 
bo'lmoq uchun boshqa xalqlar tilini, urf-odatlarini, rasm-ru- 
sumlarini o'rganmoq lozim, deydi.
Furqat fikriga ko‘ra, jamiyatda m a’naviy qashshoq, nodon, 
galvars kishilarning ko'payishi fojia, ofatdir. Fan nodon va omi 
kishilar yo'lini yorituvchi, ulami to ‘g‘rilik tomon boshlovchi 
yo'lchi yulduzdir, ilm-fan qanchalik tez dvojlansa jamiyat 
a ’zolarining orzu-umidlari shunchalik tez ro‘yobga chiqadi, 
m a’naviy qashshoq odamlar soni kamayadi, ma’rifatli odamlar 
soni qancha ko‘p bo'lsa, jamiyat hayoti shuncha tez insonpar- 
varlashadi, degan xulosaga keladi2.
XIX asrning ikkinchi yarmidayoq 0 ‘rta osiyolik mutafakkirlar 
jamiyatni insonparvarlashtirish, uni ijtimoiy-iqtisodiy, ayniqsa, 
madaniy-ma’naviy inqirozdan olib chiqmoq uchun musulmon 
xotin-qizlarini savodxon qilish g'oyasini olg'a suradilar. Xususan, 
Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat xotin-qizlar erkaklar bi-

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin