sonparvar, demokratik jamiyat qurish g‘oyasini targ'ibot va tash-
viqot qiladi. Fuqarolami jahon madaniyati yutuqlaridan bahra-
mand bo‘lishga chaqiradi.
Hamza Hakimzoda Niyoziyning e’tirof etishicha,
inson man-
faatlarini ulug'lovchi, fuqaroviy jamiyat qurmoq uchun, eng
awalo, odamlami milliy mahdudlik balosidan xoli qilmoq darkor.
Uning ta’kidlashicha, agar biz milliy, ayniqsa, diniy qadriyat-
larimizga o'ralib yashayversak, ko‘p o‘tmasdan bid’atlar orasida
yashovchi,
faqat ismi bor, jismi yo‘q bir millatga aylanib qolamiz.
Bunday holatda biz kelajak avlodlarimiz oldida kechirib bo'lmas
xatoga yo‘l qo‘yamiz. Shuning uchun ham, hozirdan bu dardni
davolash yo‘llarini izlab topishimiz lozim1, deydi. Ana shunday
yo‘l fuqarolar ongi va shuurini milliy mahdudlik illatidan xoli
qilishdir, deb o‘ylaydi. Milliy mahdudlik, milliy biqiqlik illati
dan
millatni xoli qilmoq uchun, fuqarolami jahon sivilizat-
siyasi, xususan, jahon ilm-fani yutuqlari bilan oshno qilmoq,
ulami nafaqat milliy, balki umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat
ruhida tarbiyalamoq zarur, deb hisoblaydi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy chor
Rossiyasining Turkistonda
amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatining g'ayriinsoniy
mohiyatini ochib tashladi. Chor Rossiyasi chinovniklari va ular-
ning nog‘orasiga o‘ynayotgan mahalliy amaldorlar, riyokor din-
dorlarning g'ayriinsoniy xulq-atvori, xatti-harakatini uzluksiz
masxara qildi. Odamlarga mustamlakachilarga
qarshi kurashmoq
uchun birlashish zarur ekanligini takrorlashdan charchamadi.
«Birlashsun emdi boshimiz, maslakka qarshi yoshimiz», «Bir-
lashing Turkiston», «Qo‘l ushlashing, birlashing emdi, Turkis-
ton», «Haq yo'lida jon bersak, bo'lsak millat qurboni», deb
xitob qildi.
Hamza 1917-yil fevral voqealariga
katta umid bilan qaragan
edi. Fevral voqealari Turkiston xalqlariga erkinlik, hurriyat ato
etadi, deb o'ylardi. Shuning uchun ham 1917-yil o'rtalarida
yozgan «Uyon vatan» she’rida: «Ey Islom eli! Bu kun millatga
o'lsun ham a himmatimiz! Bitdi istibdod! Yetsun Hurriyat! Bit-
sun nazorat, qullik asorat!» deb yozgan edi. «Turkiston mux-
Dostları ilə paylaş: