O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Ahmad D onish 1827-yilda Buxoro shahrida tug'ilgan. Shu yerdagi maktab va



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Ahmad D onish 1827-yilda Buxoro shahrida tug'ilgan. Shu yerdagi maktab va
madrasalarda bilim olgan. Riyosat, xandasa, falakiyot, musiqa, tarix, falsafa ilm -
larini qunt bilan o'rgangan. Zamonasining buyuk mutafakkiri b o‘lib shakllangan.
Amir N asrulloh saroyida xizm at qilgan. U ning inson to ‘g ‘risidagi qarashlari
«Navodirul vaqoe’» asarida bayon etilgan. 1897-yilda Buxoroda vafot etgan.
2 Ahm ad Donish. Navodirul vaqoe’. Toshkent, 1964, 166-bet.
307


jismlarga o‘z nurini sochib turadi. Ikkinchi ko'rinishda esa ruh 
«narsalar dunyosiga kirgan bo‘lib, narsalar dunyosida mavjuddir 
va o'limga mahkumdir»1. Inson tanasidagi ruh xuddi shu ik­
kinchi ko'rinishdagi ruhdir. Shuning uchun ham, u o‘limga 
mahkum etiladi. Ruhning bir tanadan boshqa tanaga ko'chib 
yurishi haqida Sharqda keng tarqalgan tanosuh nazariyasini tan­
qid qiladi. Tanosuh ta’limotini tanqid qilishda Mirza Bedilning 
ruh va tana to‘g‘risidagi qarashlaridan foydalanadi.
Ahmad Donish ruh va tana birligidan iborat inson olamni, 
xususan, o‘zi yashayotgan ijtimoiy muhitni o‘zgartirishga qodir, 
deb o‘ylaydi. Buning uchun u nafaqat diniy, balki dunyoviy 
fanlami ham bilishi zarur, deb hisoblaydi.
«Biz dunyoni gullab-yashnatish uchun, dengizlarni kezib 
o'rganish uchun, yer osti boyliklarini topish uchun, dunyo- 
ning ajoyib sirli tomonlarini talqin etish uchun, uning hamma 
qit’alari va aholisini bilish uchun tug'ilganmiz»2, deb yozadi.
Buxoro amirligi hududida yashovchi fuqarolar turmush tar- 
zi, xususan, ularning madaniy-ma’naviy saviyasining pastligidan 
Ahmad Donish qattiq afsuslanadi, nadomat chekadi. Kishilar 
madaniy-ma’naviy saviyasini oshirishning birdan-bir yo‘li jami­
yat hayotini insonparvarlashtirishdir. Buning uchun esa mavjud 
ijtimoiy tartibotlami o‘zgartirmoq zarur, deb o'ylaydi. Buxorodagi 
ijtimoiy-iqtisodiy tuzumni insonparvarlashtirishga qaratilgan is- 
loh loyihasi bilan Buxoro hukmdori Amir Muzaffariddinga 
murojaat qiladi va rad javobini oladi.
Ahmad Donish jamiyatni insonparvarlashti rishning eng muhim 
sharti — davlatni isloh qilishdir, deb tushunadi. Davlat bir 
guruh kishilarning emas, balki xalq manfaatini himoya qilmog'i, 
davlatni boshqarib turgan hukmdor ma’rifatli, odil va donish- 
mand bo‘lmog‘i shart. Hukmdor muhim davlat ishlarini hal 
qilishda o‘z atrofidagi amaldorlar bilan maslahatlashmog‘i darkor. 
Mamlakatni ana shunday kishi boshqarganda jamiyatda ijtimoiy 
adolat normalari qaror topadi. Adolatsizlikka asoslangan, o‘z 
fuqarolari haqida qayg‘urmaydigan davlat uzoq yashay olmaydi.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin