qoidalar aql bilan yoritilm agan, uning qudratli tanqidiy
chig‘irig‘idan o‘tmagan bo‘lsa, bunday qoidalar irim-sirimdan
boshqa narsa bo‘lmaydi. Lekin har qanday dinning mazmuni aql
va kishilarga muhabbat kabi umuminsoniy axloq ruhi bilan
sug'orilganligi ham haqiqat
ekanligini unutmaslik zarur, deb
hisoblaydi.
Lessingning fikricha, inson hamyurtlariga foyda keltiradigan
qanday kasbda — hunarmandchilikdami, dehqonchilikdami, sa-
noatdami yoki savdogarchilikdami — mehnat qilmasin, bunday
faoliyat chinakam olqishga sazovor bo‘lmog‘i lozim. Mulohaza-
lilik, to‘g‘riso‘zlik,
mehnatsevarlik, oqko‘ngillilik — Lessing asar-
lari qahramonlarining insoniy fazilatlaridir.
XVIII
asr nemis ma’rifatparvarlarining yangi qahramoni —
«dunyoviy fuqaro» edi. Bunday kishi uchun atrofida sodir
bo‘layotgan voqealarga o‘z manfaati qarichi bilan yondoshish
yotdir. U har qanday tabaqa yoki turli e’tiqodga mansub kishi-
lar orasidan «yaxshi odamlarni qidiradi». Shuning uchun o‘sha
el va xalqparvar, jahongashta «dunyoviy fuqaro» — nemis
ma’rifatparvarlarining sevimli qahramoniga aylandi.
Xudbin kishining shaxsiy manfaati bilan umummanfaat orasi
dagi to‘qnashuv G.Fildingning «Topib olingan Tom Jons tarixi»
romanida ham o‘z ifodasini topgan. Asar qahramonlari yasha
yotgan tarixiy muhit shundan dalolat beradiki,
bu yerda hokimi-
yat, boylik odamlarning ijtimoiy holatini boshqaradi. Kishilar
taqdirini esa tasodif hal qiladi. Odamlarni bunday tasodif
botqog‘idan asta-sekin aql olib chiqadi. Turgan gapki, tasodif
deganda, kundalik turmushdagi xususiylik tushuniladi. Boshqacha
aytganimizda, o‘z manfaatlari yo‘lida o‘zboshimchalik, tavakkal-
chilik bilan harakat qilishi — tasodifiy holat ifodasidir. Shaxsiy
manfaat yo‘lida qilingan o‘zboshimchalik,-
tavakkalchilik kabi
holatlar — bir qutbda, aql, farosatga asoslangan ehtiyoj, umum-
manfaatni ko'zlash, huquq va qonunga tayanish, hamma uchun
bab-barobar bo‘lgan adolat normalariga asoslanish kabi fazilatlar
— ikkinchi qutbda to‘plana boradi. Qarama-qarshi qutblarning
vujudga kelishi, albatta, kurashga olib keladi.
Bunday kurashda,
yuqorida eslatib o‘tilganidek, aql tasodif ustidan g‘olib chiqadi.
Aqlning tasodif ustidan g‘olib chiqishi — umummanfaatni himoya
qiluvchi «chinakam inson»ning buyuk g‘alabasi edi.
303
XVIII
asr Yevropa sivilizatsiyasi tarixida ma’rifatparvarlik davri,
deb yuritiladi. Chunki bu davr ilmiy bilimlari faqatgina bir
guruh ilm-fan bilan shug‘ullanuvchi kishilarga ma’lum bo‘lib
qolmasdan, balki aholining turli tabaqalari orasiga keng tarqala
boshladi. Nafaqat diniy, balki dunyoviy bilimlar ham ilm
maskanlari laboratoriyalari qobig‘idan chiqib, omma orasida yoyila
bordi. Ilm-fan yutuqlari nafaqat ilm ahli,
balki adabiyot, san’at
namoyandalari, ziyolilarning turli qatlamlari bahs-munozarala-
riga sabab bo‘la boshladi.
Ma’rifatparvarlik davrining o‘ziga xos xususiyatlari shundaki,
bu davrga kelib odamlar inson aqlining qudratiga, uning hali
foycjalanilmagan imkoniyatlari mavjud ekanligiga, ilm-fan taraq-
qiyoti jamiyatni iqtisodiy-ijtimoiy farovonlikka olib kelishiga bor-
gan sari qo‘proq ishonch hosil qila boshladilar.
Yuqorida eslatib
o‘tganimizdek, bunday kayfiyat Yevropada XVII asrdayoq vujudga
kelgan edi. XVIII asrda esa o‘rta asr sxolastikasini tanqid qilish,
obro‘ va an’ana o‘miga aql-farosatni ulug‘lash har tomonlama avj
ola boshladi. Xuddi shuning uchun ham, XVIII asr — Yevropada
aql-tafakkurni ulug‘lash, erkinlik-hurlikning vujudga kelishi, fan
va madaniyatning rivojlanish asri bo‘ lib qoldi.
XVTII asming o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri: fan ama-
liyotga yaqinlasha boshladi. XVII asrda
Yevropa faylasuflari sxo-
lastikani tanqid qilgan bo‘lsalar, XVIII asrda metafizikani har
tomonlama tanqid qila boshladilar. 0 ‘rta asr sxolastikasi o‘rniga
XVI—XVII asrlarda kirib kelgan metafizikani yo‘qotib yuborishga
harakat qildilar. Fanda Isaak Nyuton, falsafada Jon Lokk izidan
borgan fransuz ma’rifatparvarlari metafizik sistema bo‘lmish
Kartezianlikni1 ham qattiq tanqid qildilar. Kartezianlik tarafdor-
larini turli abstrakt konstruksiyalarni ulug‘lashgan, tajriba va
eksperimentga esa kam e’tibor berishgan, deb aybladilar.
Lekin
Yevropa ma’rifatparvarlari har qanday aqlni ulug‘lashmas, faqat
tajribaga asoslangan, turli diniy uydirmalardan xolis, erkin ilm
tarafdori edilar.
Yuqorida
t a ’kidlab
o ‘tganim izdek,
m a’rifatparvarlik
g‘oyalarining vatani Angliya edi. Chunki Angliyada jahonning
boshqa mamlakatlaridan oldinroq ilm-fanga asoslangan ilg‘or
Dostları ilə paylaş: