O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Mashhur mexanik-naturfilosof Jyulen Ofre



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Mashhur mexanik-naturfilosof Jyulen Ofre 
de 
Lametri 1709-yilda Fransiya-
ning San-M alo shahrida tug‘ilgan. 
X udojo‘ylik, 
fizika va meditsina fanlarini mu­
kammal o'rgangan. Polk vrachi b o‘lib ishlagan. 1745-yiIdan e ’tiboran Gollandiyada
yashagan. 1748-yilda Pruss qiroli Fridrix-II taklifiga asosan Berlinga kelgan. Berlin
fanlar akademiyasiga a’zo qilib saylangan. 1751-yilda vafot etgan. Uning inson
to ‘g‘risidagi qarashlari «Jon haqida traktat» (1745-y.), «Inson — mashina» (1747-
y.), «Inson — o ‘simlik» (1748-y.), «Epikur sistemasi» (1751 -y.) asarlarida bay­
on etilgan.
2 Антология мировой философии. В четырёх томах. Том 2. М., 1970, 610-bet.
3 Fransuz faylasufi Klod Adrian Gelvetsiy 1715-yiIda Parijda tugilgan. Xristian
faylasuflarining asarlarini mukammal o ‘rgangan. Monteske va Volter bilan maslak-
dosh bo'lgan. 
1751-yildan e ’tiboran 
0
‘zining butun ongli faoliyatini ilm-fanga
baxshida etgan. 1771 -yilda vafot etgan. Uning inson to‘g lrisidagi qarashlari «Aql
haqida» (1758-y.), «Inson haqida» (1793-y.) asarlarida bayon etilgan.
299


«Inson haqida»1 asarida bayon etgan. Uning fikriga ko‘ra, inson
— tabiatning bir bo‘lagi, «sof fizik mavjudot»dir. «Inson — 
tabiat yaratgan nodir asardir, u tabiatda mavjud bo‘ladi va 
uning qonunlariga bo‘ysunadi»2. Gelvetsiy insonda axloqiy fa­
zilatlar va intellektual qobiliyatlarni shakllantirishda ijtimoiy 
muhitning yetakchi rol o ‘ynashi haqidagi o ‘z zamondoshla- 
rining ta ’limotlarini yanada rivojlantirdi. Tug‘ma axloqiy fazi­
latlar haqidagi xristian dini aqidalarini tanqid qilib, inson­
dagi ruhiy va axloqiy fazilatlarning shakllanish jarayoniga, 
ularning mustahkamligini ifodalovchi mezonlarni aniqlab be­
rishga harakat qildi.
Gelvetsiyning fikriga ko‘ra, inson axloqining asosiy mezo- 
ni «foyda»dir. Lekin u «foyda»ni bir kishiga taalluqli fazilat 
emas, deydi. Foyda — bir kishi, ya’ni individning jamiyat­
ning boshqa a ’zolariga nisbatan haddan ortiq boyib ketishini 
ifodalovchi ko‘rsatkich emas, deb tushunadi. Ezgulikka qara­
tilgan inson faoliyatining asosida individual va ijtimoiy man- 
faat o ‘rtasidagi kelishuv yotmog‘i zarur, deb hisoblaydi. Ijti­
moiy manfaat — jamiyat a ’zolarining ko‘pchiligi manfaati- 
ning yig‘indisidir.
Fransuz faylasuflarining tushuntirishicha, moddiy sohada 
b o ‘ladigan o ‘zgarishlar m a’lum qonuniyat asosida sodir 
bo‘lganidek, insonning ongi va faoliyatida bo‘ladigan o‘zgarishlar 
ham qudratli tabiiy qonun — «manfaatlar qonuniga» bo‘ysunadi. 
«Manfaat» inson faolligini vujudga keltiruvchi barcha asosiy 
omillarni birlashtiradi. Manfaatlar bir tomondan, tabiiy fizik 
manfaatlar, ikkinchi tomondan esa dahshatdan iborat bo‘ladi. 
Fizik manfaatlar deganda ochlik va jismoniy kasallik tushuniladi. 
Ushbu manfaatni Gelvetsiy insonni harakatga keltiruvchi kuch 
deb biladi. Dahshatlar ichida esa eng ahamiyatlisi — o‘ziga haddan 
tashqari ortiq bino qo‘yishdir, deb tushunadi.
Gelvetsiyning e’tirof etishicha odamlar yashayotgan ijtimoiy 
muhit, ular shaxsining vujudga kelishida hal qiluvchi rol o'ynaydi, 
kishilar ruhiyatida va axloqidagi tafovutlarni vujudga keltiradi.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin