nonchi, tabiat tarbiyalanuvchidagi qobiliyat va hissiyotni rivo-
jlantiradi, odamlar undan qanday rivojlanishni o'rganadilar,
predmetlar va voqealar tajribalarini boyitadi. Ularning hamma&i
birgalikda tarbiyalanuvchining tabiiy rivojlanishiga olib keladi.
Tarbiya beruvchining vazifasi — ushbu omillaming uyg‘unlashuvini
ta’minlashdir.
Russo tabiiy tarbiya deganda, tarbiyalanuvchilarning yosh-
larini hisobga olgan holda tabiat bag‘rida tarbiyalanishini tushu-
nadi. Tabiat tarbiyalanuvchilarni jismonan baquwat qilishi, his-
siy organlaridan foydalana bilishni o'rgatishi, erkin rivojlanishini
ta ’minlashi darkor. Tabiiy tarbiya harakat jarayoni bo‘lmog‘i va
bunday jarayonni tashkil qilishda, albatta, tarbiya oluvchilar-
ning ehtiyojlari va moyilliklari hisobga olinishi lozim. Shuningdek,
ushbu jarayon ijtimoiy mas’uliyatga tayyorlashini ham unutmas-
lik lozim. Russo insoniy fazilatlaming shakllanishida kishining
mustaqil hayotiy tajribasi katta ahamiyatga ega, deb hisoblaydi.
Bunday tajriba insonda 25 yoshlar atroflda to ‘planishi mumkin.
Uning fikricha, xuddi shu yoshda inson erkin shaxs sifatida
kamol topadi va jamiyatning teng huquqli a’zosiga aylanadi.
Jan Jak Russoda ijtimoiy-siyosiy va falsafiy g‘oyalar inson shaxsi
shakllanish jarayoni va uning mohiyati, muammolari bilan
uyg‘unlashib ketgan. Insondagi «tabiiylik» bilan «fuqarolik» (ijti-
moiylik — A.Ch.) uyg‘unlashuvi muammolarini yechishga harakat
qilgan fransuz mutafakkirining ta’kidlashicha, insonning tabiiy asosi
jamiyatdan ma’lum darajada ziyon ko‘rgan bo‘lsada, ijtimoiy muhit
insonning ikkinchi fuqarolik tabiatini shakllantiradi. Mabodo, jami
yatda axloqsizlik hukmron bo‘lsa, insonning ikkinchi fuqarolik tabi-
atida ziddiyatlar vujudga keladi va uni badbashara qiladi1.
Inson tabiatini o ‘zgartirish mumkinligi to ‘g‘risidagi yangi
fikrlar nafaqat fransuz m a’rifatparvarlari, balki XVTII asr fran
suz mexanik — naturfilosoflarining qarashlarida ham o‘z ifoda
sini topdi. Uning namoyandalari inson tabiatini o‘zgartirishda
ijtimoiy shart-sharoitlarning rolini tahlil qildilar. Fransuz me
xanik—naturfllosoflari inson bilan jamiyat, individ bilan madani
yat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik muammolarini o‘iganishga alohida
e’tibor berdilar.
Dostları ilə paylaş: