biror yaxshilik olib kelmaydi, degan g‘oyani olg‘a surgan
bo‘lsada, turmushdagi turli ijtimoiy muammolar, ayniqsa,
huquqsizlik ildizlarini boshqa jabhadan, ya’ni
ijtimoiy taraqqiyot-
dan qidirdi. Kundalik turmushda mavjud bo‘lgan salbiy illatlar-
ning manbai — ijtimoiy tengsizlikdir. Ijtimoiy tengsizlik esa,
Russoning ta’kidlashicha, mulkiy munosabatlardagi notekislik-
lardan kelib chiqadi. Odam bolasi tug‘ilgan vaqtda hammasi
teng bo‘lib tug‘iladi. Tengsizlik insonning umri o‘tishi
bilan
vujudga keladi.
Russoning tushuntirishicha, ijtimoiy tengsizlik uchta asosiy
bosqichda sodir bo‘ladi. Mulkiy tengsizlik, xususan, boylar va
kambag‘allarning paydo bo‘lishi — ijtimoiy tengsizlikning bir
inchi bosqichidir. Tengsizlikning ikkinchi bosqichi —
davlatning
vujudga kelishi bilan bog‘liq. Chunonehi, boylar hamda
kambag‘allar tinchlik va adolatni ta’minlovchi kafolat sifatida
davlatni vujudga keltiruvchi shartnoma tuzadilar. Shunday qilib,
boylar va kambag'allar orasidagi
tengsizlik yangi bosqichga
ko‘tariladi va hukmdorlar bilan tobelar orasidagi tengsizlikka
aylanadi. Tengsizlikning uchinchi bosqichi — qonuniy hokimi-
yatning hokimi mutlaqqa aylanishi bilan sodir bo‘ladi. Agar,
awalo, xalq davlat va uning qonunlari yordamida aldangan bo‘lsa,
endi zo‘ravon hokimiyat qonunni ham, xalqni ham aldaydi.
Tengsizlikning bu bosqichi, o‘z
navbatida, yangi tengsizlikni
vujudga keltiradi — zo‘ravon hokimiyatga nisbatan barcha odam
lar o ‘zlarining huquqsizliklari bilan barobar bo‘ladilar. Russo
tengsizlikning sababini, bir tomondan,
mulkning notekisligidan
qidirsa, ikkinchi tomondan, odamlarning bir-birlari bilan bog‘liq
ekanligidan qidiradi1.
Jan Jak Russo turmushdagi ijtimoiy tengsizlikning, xuro-
fotning ildizini quritishning eng muhim yo‘li tarbiya deb biladi.
Tarbiya yordamida kundalik turmushda ijtimoiy o‘zgarish yasamoq-
chi bo‘ladi.
Uning tushuntirishicha, tarbiya jarayonida tarbiya-
lanuvchida uch muhim omilning: tabiat, odamlar va jamiyat
ta’siriga alohida e’tibor bermoq lozim. Tarbiya jarayonida har bir
omilning o ‘ziga xos funksiyasi borligini unutmaslik lozim. Chu-
Dostları ilə paylaş: