tushunib olishlari darkor. Har bir fuqaroda «ezgulikka qaratilgan
turmush va amaliy faoliyatga, nimasi bilan o‘z mamlakatiga
foydasi tegishi mumkinligi haqidagi ehtiyojni o‘rganishga intilish
istagi»1 shakllanishi lozim. «Butun tarbiya san’ati qalbni ezgulik
bilan qurollantirishga, uni yanada mustahkamlashga qaratilmog‘i
lozim»2. Tarbiyaning samaradorligi, Lokk fikricha, jamiyat bilan
shaxs o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikning mustahkamligiga bog‘liq.
Jamiyat bilan shaxs orasida o‘zaro aloqadorlikning mustahkam-
ligi esa ayrim individga, uning har tomonlama kamol topishiga,
ch unonchi, jism oniy, ruhiy va aqliy rivojlanish birligi
ta’minlanganligiga bog‘liqdir.
Lokkning e’tirof etishicha, insonning baxt-saodatga erishuvi
ko‘pchilik hollarda uning o‘ziga bog‘liq. «Tarbiya haqida muloha-
zalar» (1693-y.)asarida yozganidek, bu olamdagi baxtiyorlik ho-
latining to‘la va eng qisqa tavsifi — sog‘lom tanada sog‘lom
qalbning bo‘lishidir. Kimki o‘zida unisini ham, bunisini ham
mujassam qilsa, unga ozgina istak bildirishning o‘zi kifoya; kim
ki uning birontasidan benasib bo‘lib qolgan bo‘lsa, bunday
kishiga oz bo‘lsada o‘rnini bosuvchi kompensatsiya berish lozim
bo‘ladi. Insonning baxtli yoki baxtsiz bo‘lishi aksariyat hollarda
uning o‘z qoMida bo‘ladi. 0 ‘z qalbini chinakamiga boshqara bil-
magan kishi, hayotda to ‘g‘ri yo‘l topa olmaydi. Tanasi zaif va
sog‘lom bo‘lmagan kishi ham hech qachon to ‘g‘ri yo‘ldan
borishga qodir bo‘lmaydi. Jismonan bardam va ma’naviy yetuk
kishilargina turli mo‘jizalar yaratishga qodir bo‘ladi3.
Mashhur fizik Isaak Nyutonning qardon do‘sti Jon Lokk,
yuqorida biz eslatib o ‘tgan «Inson aqli to‘g‘risidagi tajriba» asa
rida, nafaqat metafizikaning sensualistik tanqidi, nafaqat em-
pirik bilish nazariyasi, balki tabiiy huquq prinsiplarini ham
ishlab chiqdi. Lokkning tushuntirishicha, insondan doimo beg-
onalashmaydigan huquqlarga uch asosiy huquq: yashash, erkin-
lik va mulk kiradi. Mulkka ega bo‘lish huquqi, inson mehnatiga
beriladigan baho bilan bevosita bog‘liq. Shuning uchun ham
Lokkning ta’kidlashicha, mulk inson mehnatining natijasidir. In-
dividning huquqiy tengligi o‘sha uchta begonalashmaslik huquqi-
Dostları ilə paylaş: