so‘z bilan, tabiiy qobiliyatlar, deb ataymiz. Ular insonni aqlga
ega maxluq sifatida ta’riflash uchun kerak bo‘ladi‘.
Gobbsning fikricha, inson degan mavjudot bir-biridan mut-
laqo farq qiluvchi ikki muhim bo‘lakdan iborat bo‘lib, birin
chi bo‘lagini jismoniy, ikkinchi bo‘lagini ma’naviy qobiliyat
lar tashkil etadi4. Ma’naviy qobiliyatlarga: bilish, ijtimoiy hayotga
ko‘nikish kabi qobiliyatlar kiradi. Insondagi ma’naviy qobili
y atlar tab iat to m o n id an
in ’om etilm aydi, balki ular
o ‘zlashtiriladi. Ingliz mutafakkiri yozganidek, «barcha odamlar
ijtimoiy hayotda qobiliyatsiz bo‘lib tug‘iladilar (chunki hamma
bola bo‘lib tug‘iladi)»2.
Gobbsning fikriga ko‘ra, insondagi ma’naviy qobiliyatlarni
shakllantirish va uni rivojlantirishda tarbiya asosiy rol o‘ynaydi.
Insonning ma’naviy qiyofasi shakllanish jarayonini chuqurroq
tahlil eta borib, odamlar o‘rtasida har kuni uchrab turadigan
qobiliyatlari va iste’dodida majud bo‘lgan farqni qanday sabab
lar vujudga keltiradi? degan savolga javob topishga harakat qil
gan faylasuf bunday yozadi: «Odamlar bir-biridan bilimlariga
ko‘ra shu darajada farq qiladilarki, buni ularning faqat miya
strukturalari orasidagi tafovut bilan tushuntirib bo‘lmaydi»3. Bu
yerda shuni ta’kidlash joizki, Gobbs insonning ma’naviy qobili-
yatlarini mavjud ijtimoiy shart-sharoitlar bilan bog‘lab tushun
tirishga harakat qiladi.
Yevropa ma’rifatparvarlik g‘oyalari taraqqiyotida ingliz fayla-
sufi Jon Lokkning ham xizmatlari katta bo'ldi4. Faylasufning
tushuntirishicha, inson tug‘ilgan vaqtda uning qalbi har qanday
g‘oya, tushuncha, prinsip, qoidalardan xolis bo‘ladi. Inson qalbi
xuddi oq qog‘oz varag‘idek toza bo'lib, «faqat tajriba o‘sha qog‘oz
sahifasini turli yozuvlar bilan to ‘ldiradi. Insonni yangi bilimlar,
yangi g‘oyalar bilan qurollantirmoq uchun tajribaga tayanmoq
Dostları ilə paylaş: