2. XVII-XVIII ASRLAR YEVROPA FALSAFASIDA
MA’RIFATPARVARLIK G‘OYALARINING
IFODALANISHI
Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida XVII asrda ishlab
chiqarish jarayonida, xususan, mehnat
taqsimotida tub sifatiy
o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi, ishlab chiqarish jarayonini rat-
sionallashtirish talabining ortib borishi, ishlab chiqarishga ilm-
fan yutuqlarini tatbiq etish ehtiyojini kuchaytirib yubordi. Bun
day
ehtiyojning ortib borishi, o‘z navbatida, diniy dunyoqa-
rashning ta’sirini kundan-kunga kamaytira bordi. Ushbu holat
falsafaning hayotdagi mavqeini ham o‘zgartirdi. Agar o‘rta asr
larda
falsafa dinshunoslik, Renessans sharoitida san’at va gumani-
tar bilimlar bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatgan boisa, endi
u fan yutuqlariga tayana boshladi. XVII—XVIII asrlar Yevropa
faylasuflarining inson to‘g‘risidagi qarashlariga,
shubhasiz, ush
bu tendensiya o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bunday kayfiyatni ilm-fan
zudlik bilan rivojlana boshlagan Angliya, Fransiya,
Germaniya
faylasuflarining inson haqidagi qarashlarida ko‘rishimiz mumkin.
XVII asr ingliz faylasuflaridan Frensis Bekon, Tomas Gobbs,
Jon Lokklar inson to ‘g‘risidagi xristian dini qarashlarini tanqid
qildilar,
inson tanasining tuzilishi, uning moddiy-ma’naviy holati
haqida yangicha fikr-mulohazalami bayon etdilar. Ularning tushun
tirishicha, falsafaning, ayniqsa, uning eng muhim tarmog‘i
bo‘lgan gnoseologiyaning asosiy vazifasi — inson hayotini yax-
shilashdan iborat bo‘lmog‘i lozimdir.
Endilikda insonni alohida
shaxs sifatida emas, balki jamiyat farovonligi ifodasi, jamiyat
hayotining ta’rifi sifatida ko‘rish darkorligini tushuntirdilar. In
sonning tabiat kuchlari ustidan hukmronligini ta’minlashga
qara-
tilgan bilimlarni yanada rivojlantirish lozimligini qayta-qayta
ta ’kidladilar. Bunday fikr-mulohazalarni XVII asrda ijod qilgan
mashhur ingliz faylasufi Frensis Bekon1 qarashlarida ko‘rish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: