deb tushunadi. Ruh ilohiy olamning zarrasi emas, u o‘lmas
ham emas. Ruh inson tanasiga bog‘liq. Uni inson tanasidan
ajratish mumkin emas. Inson jismi vujudga kelishi bilan ruh
ham vujudga keladi. Tana ruhning vujudga kelishi uchun moddiy
asos vazifasini bajaradi.
Yusuf Qorabog‘iyning falsafiy qarashlarida inson aqliy faoli-
yati muammolari har tomonlama tahlil etiladi. Uning fikriga
muvofiq, inson aqliy faoliyati o‘zidan tashqarida turuvchi qan-
daydir ilohiy aqldan quwat oladi. Yusuf Qorabog‘iy musulmon
falsafasida uzoq vaqt hukmronlik qilgan, aqliy faoliyat bilan
shug‘ullanish faqat buyuk kishilarga xos xislat, degan aqidaga
qarshi chiqadi. Uning tushuntirishicha, ilm-fan bilan shug‘ullanish
uchun payg‘ambar bo‘lish shart emas. Inson aqliy faoliyati,
uning olam to‘g‘risidagi bilimlari, ma’naviy kamoloti darajasi
bilan bevosita bogMiqdir1.
XVI—XVII asrlarda musulmon falsafasida insonparvarlik, ay
niqsa, hurfikrlilik g‘oyasini targ‘ibot va tashviqot qilgan muta-
fakkirlardan biri namanganlik Boborahim Mashrab edi2. Uning
dunyoqarashida insonparvarlik g‘oyalari shakllanishida so‘fizm
ta ’limoti, xususan, Boyazid Bistomiy, Imomiddin Nasimiy,
ayniqsa, Mansur Halloj qarashlarining ta’siri sezilarli bo‘ldi.
Mansur Halloj, Imomiddin Nasimiylaming inson bilan Xudo
orasida o‘xshashlik bor, inson Xudoning o‘zi, degan fikr-muloha-
zalarini har tomonlama rivojlantiigan Boborahim Mashrab insonni
butun koinotning toji, cho‘qqisi, deb tushuntiradi. Olamdagi bar
cha tirik mavjudotlar insonga sajda qilishlari zarur, degan g‘oyani
ilgari suradi. Insonda Xudoning barcha fazilatlari, xislatlarini, ayni
paytda Xudoda ham insonning eng yaxshi insoniy fazilatlari, xis-
latlari, xosiyatlarini ko‘rishni istaydi. Insondagi eng yaxshi insoniy
Dostları ilə paylaş: