Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Tusiy kabi mutafakkir-
larning ilg'or an’analarini davom ettirdi.
Sharq mamlakatlarida XVI asrda ratsionalizm falsafasi tarafdor
lari tazyiq ostiga olinishiga qaramasdan, Yusuf Qorabog'iy insonda
mavjud bo‘lgan ruhiy kuchlar, uning tanasida sodir bo‘layotgan
fizik o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liq boladi, degan g‘oyani olg‘a
surdi va uni isbotlashga harakat qildi. Uning fikricha, ruhiy kuch
lar inson tanasida mavjud bo'lgan sezgi oiganlarining funksiyalari
(ko‘rish, eshitish, ta’m bilish, hid bilish va hokazo) bilan be
vosita bog'liq bo‘ladi. Sezgi organlari yordamida inson tashqi olam
ning turli-tuman xususiyatlarini sezadi va o‘zida aks ettiradi. Ana
shu aks, ana shu sadoni u ruh deb tushunadi va ruhiy kuchlar
inson sezgi organlarining hosilasi degan xulosaga keladi.
Mutafakkiming ta’kidlashicha, har qanday jonli tana o'zining
sezish xususiyatlari, xossalari bilan biri ikkinchisidan farq qiladi.
Xususan, o‘simlik tanasida oziqlanish, o‘sish va ko‘payish xususi
yatlari mavjud bo‘lsa, tirik jonivorlarda bunday xususiyatlardan
tashqari olamni hissiy idrok etish xususiyati bor. Inson barcha tirik
jonivorlar ichida o‘zining so‘zlash xususiyati bilan ajralib turadi.
Ruhiy kuchlar vujudga kelishining fiziologik asoslari, inson ruhi-
yatini boshqarishda miyaning ahamiyati, sezgi organlari yordamida
olingan hissiy ma’lumotlaming fizikaviy sabablarini har tomonla
ma o‘rgangan Yusuf Qorabog‘iy insondagi ruhiy kuchlar uning
tanasi bilan dialektik aloqador, degan xulosaga keladi.
Yusuf Qorabog‘iy Sharq faylasuflari dunyoqarashida uzoq vaqt
hukmronlik qilgan «Tanosuh» ta’limotiga ko‘ra: ruh tana o‘lgandan
so‘ng ham yashayveradi, ya’ni ruh bir tanadan boshqa tanaga
ko'chib yuradi, degan ta’limotga qarshi turdi. 0 ‘zining «Xonho-
qiy risolasi»da «Agar o ‘lgan tanalar ruhi boshqasiga ko'chganda
edi, unda o‘lganlar soni tiriklarga mos kelgan bo‘lar edi. Bu
aqidaning soxtaligi ayon, zeroki katta jang-suronlar, ommaviy
vabo oqibatida son-sanoqsiz odamlar qirilib ketadi. Shuningdek,
ayonki, bu yo'qotilgan adad ko‘p asrlar mobaynida ham qayta
tiklanmaydi. Bu dalil, shubhasiz, ruh bir jismdan ikkinchisiga
ko‘chadi, degan ta’limot soxtaligini ham ko'rsatadi»1, deydi.
Qorabog‘iy ruhni moddiy olamning xususiyatlaridan biri,
Dostları ilə paylaş: