fazilatlar, xislatlar, xosiyatlar Xudodan olingan, shuning uchun
ham
Ollohni sevgan har bir kishi, yaxshi odamlarni sevishlari,
qattiq hurmat qilishlari zarur, deb hisoblaydi.
Mashrab o‘zi yashagan jamiyatdagi barcha noxushliklarning,
odamlar boshiga tushgan jabr-u sitamlarning sababini adolatsiz-
likdan, zo‘ravonlikdan, jamiyatning boshqaruv iplarini o ‘z
qo‘Ilarida ushlab turgan amaldorlar, dindorlar faoliyatidan izlaydi.
Uning fikriga ko‘ra, insonga bo‘lgan munosabatlardagi adolat-
sizliklarni fosh etish, jamiyatda inson yovuzlikka qarshi kurash
olib bormoq uchun qalandar bo‘lish lozim. Adolatsizlik,
jabr-
zulm, zo'ravonlik, o‘zboshimchalikka qarshi kurashni va bu borada
haqiqatga erishishning birdan-bir yoMi qalandarlik deb biladi.
Qalandarlik vositasi bilan inson axloqiy poklikka erishish i mum
kin, deb hisoblaydi. Buning uchun adolattalab, insonparvar
kishilar boshiga kuloh, ustiga janda kiyishi, qo‘lida aso tutib,
shaharma-shahar, qishloqma-qishloq kezib, odamlarni halollik-
ka, hokim-u boyvachchalarni insof-u diyonatga chorlashi zarur.
Insonparvar, adolatparvar kishining o‘zi, eng awalo,
nafsini
tiyishi, mol-u dunyo to‘plashga intilmasligi, ozga qanoat qilishi,
o‘zining halol mehnati bilan kun kechirishi, hatto birovlar
bergan xayr-u ehsonni ham olmasliklari, puldor boylar bilan
hamtovoq bo‘lmasliklari darkor.
Boborahim Mashrab odamlarni xushxulq, xushsuxan bo'lishga
da’vat etadi. Ularni g‘ayriinsoniy qiliqlardan uzoq turish, takab-
burlik
qilmaslik, yolg‘on so‘zlam aslikka undaydi. Uning
ta ’kidlashicha, kishi hech qachon o‘zining nasli-nasabi, avlod-
ajdodi bilan mag‘rurlanmasligi, o‘z imon-u e’tiqodini sotmas-
ligi lozim.
Shoir ijodida mehnatkash fuqaroning orzu-umidlari, g‘am-u
tashvishlari o ‘z ifodasini topdi. Ilohiy sevgi, Xudoga muhabbat
jozibali tasvirlandi. Mehnatkash xalq chinakam baxt-saodatdan
mahrum ekanligi haqida ro‘y-rost gapirdi. Mashrab kishilar og‘ir
ahvolini
0
‘zining mashaqqatli turmushini tasvirlash orqali ba
yon etdi. Boshiga tushgan musibatlar sababchisi qilib sevimli
yorining bevafoligini ko‘rsatdi. Odamlar
turmush tarzidagi baxt-
sizlikning sababini tengsizlikdan, adolatsizlikdan izladi. Farovon
turmush, xushchaqchaq kunlami qo‘msadi. Shunday kunlarga
yetishni orzu qildi. Insondagi barcha yaxshi fazilatlar va xislat-
278
lami Xudo bilan bog‘ladi. Faqat Xudoni chinakamiga sevgan
kishida eng olijanob insoniy fazilatlar, xislatlar mujassam bo‘ladi.
Shuning uchun ham shoir o‘z asarlarida ilohiy muhabbat, Xudo
bilan qovushish haqida fikr yuritadi. Odamlarda eng yaxshi insoniy
fazilatlami shakllantirish yo‘Ilari, uslublarini izlaydi. Bir-biriga
hamdard, vafodor bo'lishga, jamiyatdan g'ayriinsoniy
illatlarni
surib chiqarishga chaqiradi.
Mashrabning fikriga muvofiq, axloqiy poklikning eng muhim
ko‘rsatkichi — ota va onani hurmat qilishdir. Farzand hech
qachon o‘z ota-onasiga xiyonat qilmasligi, ularning hurmat-
izzatini hamisha joyiga qo'yishi darkor. Shoir onani mo‘min-
musulmonlaming eng muqaddas sajdagohi — Ka’baga qiyoslaydi.
Otani esa ko‘zning gavhariga, sham bo‘lib ravshan yonib turuv-
chi nurga o‘xshatadi. Ota-onani hurmat-izzat qilishga chaqiradi.
Otani ranjitgan farzand hech qachon unib-o‘smasligini, chunki
otaning duosi, hatto Payg‘ambar duosidan ham ustunroq tu-
rishini ta ’kidlaydi.
Boborahim Mashrab odamlarni m a’rifatli bo‘lishga, bilim,
hunar egallashga
chaqirish bilan birga, zolim va nodon, firib-
gar va axloqsiz kishilarni diyonat va adolatga, insof va
haqgo‘ylikka chaqiradi. U o‘z davri uchun ijodiy faol ish olib
borib, hikoyatlar, axloqiy-ma’rifiy g'azallar yaratdi. Ularda
insoniy barkamollikni taig‘ib etish bilan birga, munofiqlikni
keskin qoraladi, kishilarni hamjihat va hurfikr bo‘lib
yashashga
undadi.
Musulmon insonparvarligi normalari, prinsiplariga sodiq qol-
gan Mashrab, islom dini talabalarini asosan tan olsada, uning
ayrim tomonlarini tan olmas, ba’zan ularga shubha bilan qarar-
di. Hatto ayrim diniy aqidalami, «muqaddas» marosimlami men-
simay, ularni o‘zgartirish tarafdori edi. Ayrim din arboblarining
so‘zi bilan ishi bir emasligi uchun ularni qattiq tanqid qilardi1.
Shuning uchun dindorlar
Mashrabni ashaddiy dushman, deb
bilardilar. Dindorlami hajv qilgani uchun 1711-yilda Balx hoki-
mi Mahmudxon farmoni bilan ma’rifatparvar, insonparvar shoir
osib o‘ldirildi.
Dostları ilə paylaş: