bilan ham o‘lchanadi. 0 ‘zini o‘zi tarbiyalay olgan va turli shah-
vatlardan o‘zini tiya olgan kishi eng qudratli insondir.
Najmiddin Kubroning yuqorida biz eslatib o‘tgan fikr-mulo-
hazalari XIII asr musulmon falsafasi, xususan, inson to‘g‘risidagi
falsafiy fikrlar taraqqiyotiga sezilarli ta’sir o'tkazdi. Bunday ho-
latni XIII asr boshlarida faoliyat ko‘rsatgan Aziziddin Nasafiy
ijodida ham yaqqol ko'rishimiz mumkin.
Aziziddin Nasafiyning to‘g‘ilgan va vafot etgan yillari ma’lum
emas. Dastlabki savodini Nasafda (hozirgi Qarshi shahrida)
chiqargan. Buxoro madrasalaridan birida tahsil ko‘rgan. Uning
ustozi Sa’diddin Hamaviy Kubroning talantli shogirdlaridan biri
edi. Aziziddin Nasafiyning inson to‘g‘risidagi qarashlari «Kash-
ful haqoyiq» («Haqiqatlarning ochilishi»), «Zubdatul haqoyiq»
(«Haqiqatlar qaymog‘i»), «Maqsadi aqso» («Oxirgi maqsad»),
«Insoni komil» («Barkamol inson»), Manozil assoirin» («Sayr
etuvchilarning manzillari»), «Usui va furu’» («Asos va shohlar»),
«Bayon at-tanzil» («Nuzul bayoni»), «Mabda’ va maod» («Chi-
qish va qaytish joylari») kabi asarlarida bayon etilgan.
Aziziddin Nasafiyning fikriga muvofiq1, olam ikki asosiy
bo‘lakning: olami g‘ayb (yashirin olam) va olami shuhud
(ko‘rinadigan olam)ning yig‘indisidan iborat. Bu ikki bo‘lak yaxlit
bir butun olamni tashkil etadi. Butun olamning o‘zi ulug‘ olam
(olami kubro) bo‘lsa, insonning o‘zi kichik olamdir (insoni kubro).
Ulug‘ olamda mavjud bo‘lgan barcha xususiyatlar inson olamida
o‘z aksini topadi. Ulug‘ olamning turli xususiyatlari, xossalarini
bilmoq uchun inson olamini har tomonlama anglamoq darkor.
Ulug‘ olamning ham, inson olamining ham asosini yagona
javohir tashkil etadi. Shuning uchun ulug‘ olamning ham, inson
olamining ham ibtidosi ko‘zga ko‘rinmas, yashiringan o‘sha javo-
hirga borib taqaladi. Inson olamida bo‘ladigan har qanday
o‘zgarishlar dastlabki urug‘da mavjud bo‘ladi. Ulug‘ olam bilan
kichik olamda (inson olami) bo‘ladigan barcha o‘zgarishlar dast
labki urug‘ bilan bog‘liq. Kichik olam ham, ulug‘ olam ham o‘sha
yagona urug'dan tarqalgan va ulug‘ olamda bo‘ladigan o‘zgarishlar
inson olamida bo‘ladigan o‘zgarishlar bilan bog'liq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: