O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


d) Kubraviyada inson tavsiri



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

226


d) Kubraviyada inson tavsiri
So‘fiylik ta ’limotining nazariy asosi bo‘lgan tasaw uf falsafa- 
sining eng muhim yo‘nalishlaridan biri kubraviyadir. Kubraviya 
tasaw uf falsafasining boshqa yo'nalishlaridan nafaqat insonni 
ruhiy-ma’naviy kamolotga olib boruvchi yangi yo‘l, yo‘nalish, 
usul ekanligi bilan, balki inson ruhiy-ma’naviy olamining shakl­
lanishi jarayonini bilishga e’tibomi qaratgani bilan tubdan farq 
qiladi. Unda inson faqat ilohiyot sirlarini bilishga intiluvchi
o‘zini butunlay unutib qo‘ygan mavjudot emas, balki o‘zini 
qayta qurish uchun real ijtimoiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan 
bunyodkor sifatida talqin qilinadi.
Kubraviya tariqati tufayli tasaw uf so'flzmning chinakam 
nazariy asosi bo‘lgan falsafiy dunyoqarashga aylandi, amaliy- 
axloqiy urf-odatlar, turmush tarzi, xususan, tarkidunyochilik, 
zohidlik doirasidan chiqib, haqiqiy inson falsafasi tomon burib 
yuborildi. Boshqacharoq qilib aytganimizda, tasawufga kubraviya 
inson muammosini olib kirdi. Kubraviya tariqatining asoschisi 
xorazmlik mashhur alloma Ahmad ibn Umar Abdul Janob 
Najmiddin al Hevaqiy al-Xorazmiydir (1145—1221-yillar)1. 0 ‘z 
navbatida, kubraviya tasavvufini Abu H am id G ‘azzoliy 
M o‘hyiddin Arabiy asoslagan vaxdati vujud ta’limotidagi futuv- 
vat bilan chambarchas bog‘ladi.
Najmiddin Kubro o‘z zamonasining mashhur shayxlari Ruz- 
bexon Misriy (1189-yilda vafot etgan), Ammor Yosir (1187- 
yilda vafot etgan), Ismoil Qasriylardan (1183-yilda vafot etgan) 
saboq oldi va dinning yulduzi darajasiga ko‘tarildi. U noyob 
qobiliyatlar va xislatlarga ega bo‘lgan shaxs edi. Hatto unda inson 
miyasidagi flkr-mulohazalami o'qish xislati2 mavjud bo'lib, uning 
nazari tushgan kishida valiylik, ya’ni Xudoga yaqinlik alomatlari 
paydo bo‘lardi. Shuning uchun ham Kubro musulmon ma’naviy 
olamida valiylami tarbiyalovchi, «Valiytarosh» laqabiga muyassar 
bo‘ldi. Najmiddin Kubroning diniy-falsafiy qarashlari «Tasawuf- 
ning o‘n asosiy qoidasi» («Al-usul ul-ashara»), «Sulik haqida

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin