o‘zi cheklash, ya’ni musohaba va o'zini o‘zi kuzatish, ya’ni
muroqaba, shuningdek, o‘z faoliyatini uzluksiz nazorat qilish
malakasi hosil bo‘ladi. Shu tufayli, uning ma’naviyatida ham,
ruhiyatida ham jiddiy o‘zgarish ro‘y beradi. Oqibatda, barkamollik
tomon intilayotgan kishida Ollohning ilohiy jamoli haqida tasav-
vur hosil bo‘ladi. Bunday ilohiy tasawurdan shogird qalbi zavq-
shavqqa to ‘ladi, qalbi Olloh mehri bilan to ‘lib-toshadi. Ruhiy-
ma’naviy barkamollik tomon intilayotgan shogirdning har bir
harakati ustoz tomonidan uzluksiz nazorat qilinishi, undagi
ruhiy-ma’naviy o‘zgarishIar rag‘batlantirib borilishi kerak.
Tasawufiy adabiyotlarda1 ta ’kidlanishicha, tariqat adablarini
o‘zlashtirish murakkab jarayon bo‘lib, pastdan yuqoriga qarab
boruvchi ikki qismdan iborat bo‘ladi. Birinchi qism «maqomat»
deb atalsa, ikkinchi qism «hoi» deb yuritiladi. «Maqomat»dagi
o‘zgarishlarni ifodalovchi bir necha ko‘rsatkichlar bo‘lganidek,
«hol»da bo‘ladigan siljishlarni ifodalovchi ham bir necha
ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladi.
Inson ruhiyatida bo‘ladigan o‘zgarishlarni quyidagi yetti
ko‘rsatkich ifodalaydi: «qurb», «muhabbat», «shavq», «uns»,
«mujohida», «mushohida», «mukoshifa».
«Qurb» — inson ruhiyatida bo‘ladigan o‘zgarishlaming dast
labki holatidir. Ushbu holat shogirdning Tangri taologa yaqin-
lashib borayotganini, Xudo vaslini bevosita seza boshlaganini
ifodalasa, «muhabbat» qalbda sodir bo'lgan kuchli tug‘yon,
betoqatlik va bezovtalik, Tangri tomon bo'lgan intilish, talpi-
nishni anglatadi. «Shavq» muhabbatning zo‘rayib borayotganli-
gidan dalolat bersa, «uns» Xudo mehriga, shafqatiga ko'nikish,
odatlanish malakasini ifodalaydi.
«Mujohida» — turli nafslarni chegaralay olish, jilovlay bi
lishga bo'lgan intilishning holati, bu borada insonning o‘z ta-
niga, jismiga ko'rsatgan ta ’siri, ma’naviyatining his-tuyg‘u usti
dan hukmronligini ta ’minlash uchun olib borgan shiddatli jan-
gi (jihod) va o‘sha kurashda g'olib chiqish san’atidir. Ana shun
day ruhiy jang-u jadallardan keyingina shogird Xudo jamolini
mushohada eta boshlaydi. Mushohada qilish jarayonida inson bilan
Dostları ilə paylaş: