O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A


Kornilov N. T asaw uf yoki komil inson axloqi. Birinchi kitob. Toshkent,
1996, 28—35-bet]ar.
223


Xudo orasidagi sirli pardalar ko‘tarila boshlaydi. Ilohiy sirlar 
kashf etilishiga yo‘l ochiladi. Inson mukoshifa holatiga ko‘tariladi.
Turgan gapki, o‘sha holatlar insonning (shogirdning) iste’dodi 
bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Kishidagi bunday iste’dod tasaw uf 
falsafasida «jazba» deb yuritiladi. Jazba — Xudo vasliga yetishni 
orzu qilgan insondagi ilohsevarlik maylidir. Jazba qancha kuchli 
, bo‘lsa, inson tariqat adablarini shuncha tez o‘zlashtiradi. Tariqat 
adablariga amal qilish malakasining mustahkamlanib borishi bilan 
inson va Xudo orasidagi masofa qisqara boshlaydi. Inson turli 
to‘siqlami yengib o‘tib, shaxsiy «Men»dan qutiladi va to‘la abadi- 
yatga, «Mutlaq ruh»ga qo‘shiladi.
Tariqat adablarini to‘la o ‘zlashtirgan inson «ma’rifat»1 bos­
qichiga ko‘tariladi. SoTiylaming fikr-mulohazalariga ko‘ra, ma’rifat 
fikrdan oldin sodir bo'ladi va uni vujudga keltiradi. Tasawuf 
adabiyotiarida ta’kidlanshicha, ma’rifat botiniy yoki zohiriy2 
bo‘lishi mumkin. Xudoning fazilatlari, xislatlarini esa, faqat 
ilohiy ma’rifat yordamida bilish mumkin.
Ilohiy m a’rifat yoxud irfon3 tariqat adabining hosilasidir. 
Tasawuf falsafasi namoyandalarining fikriga ko‘ra, ilohiy ma’rifat 
Xudoning zoti, uning ismlari, turli fazilatlari va xislatlarini 
bilib olish uchun qo‘llaniladigan uslublardan biridir4.
Ilohiy ma’rifatga ega bo‘lish uchun kishi quyidagilarga aniq 
ishonch qilmog‘i darkor:
1.Xudo vaslini, uning turli fazilatlari, xislatlarini to‘la bi- 
lishni istagan kishi olamdagi barcha hodisalar, voqealar o‘zidan- 
o‘zi emas, balki ular Parvardigorning irodasi bilan yaratilgan- 
ligiga qat’iy ishonch hosil qilmog‘i darkor.
2. Borliqning turli-tum an ko'rinishlarida, azaliy M utlaq 
hokimning qanday sifatlari mavjud ekanligini fahmlab olish 
malakasiga ega bo‘lishi lozim. Chunki Parvardigorda behisob fa­
zilatlar, xislatlar mavjud bo‘lib, olamdagi hodisalarda, voqealarda

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin