sodir bo‘ladigan sifatiy o‘zgarishlar Ollohdagi fazilatlar,
xislat-
lar o‘zgarishining natijasidir.
3.01amdagi hodisa va voqealarda bo‘ladigan har qanday
sifatiy o ‘zgarishlarda Olloh murodi va maqsadini aniq ilg‘ab
olish kerak.
4. Ilohiy ilm sur’atini o ‘z ma’rifatining sur’atida tanishi
lozim.
Tasaw uf falsafasida ta ’kidlanishicha, inson ilohiy ma’rifatga
erishmog‘i uchun uch xil: ilmul yaqin,
aynul yaqin va haqqul
yaqin bilim bosqichlarini bosib o ‘tishi zarur. Buning uchun,
bilim bosqichlarini bosib o‘tmoqchi bo‘lgan kishi, eng avva-
lo, bilim va ilm to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lmog‘i zarur.
Tasaw uf falsafasi, xususan, suhravardiya
tariqatining asoschisi
Shahobiddin Suhravardiyning «Ma’rifatli oriflar» («Avorif ul-
maorif») risolasida ta ’kidlanishicha1, bilim hodisa yoki vo-
qeaning xususiyatlari to ‘g‘risidagi ilg‘ab olingan ma’lumotlardir.
Ilm esa bilimdan yuqori turadi. Shuning uchun ham ilmiy
bilimlarni, oddiy bilimlardan ajrata bilish lozim. 0 ‘z navba-
tida, bilim Olloh tomonidan faqat insonga in ’om
etilgan
buyuk ne’matdir. Bilish esa, insonning o‘sha ne’matlarni bir-
biridan farqlash, umumlashtirish qobiliyatidir. Ana shu qobili-
yat
tufayli bilim ilmga, aqlga aylanadi. Xuddi shu xazina
inson faoliyatini to ‘g‘ri yo‘Iga boshqaradi. Aql ham o ‘z nav-
batida, quyi va yuqori pog‘onalarga ega bo‘ladi.
Tasawuf falsafasida e’tirof etilishicha, bilim, ilm — bilish
jarayonining natijasidir. Inson borliqning o‘ziga xos shakli bo‘lgani
uchun u borliqning ma’lum
bir qismini bilishga qodir, xolos.
Ma’rifat sirlarini bilishni orzu qilgan solik, ya’ni shogird bilish
jarayonining asosiy tayanchlari va pog‘onalari to‘g‘risida ham
tiniq tasawurga ega bo‘lmog‘i darkor. Tasawuf falsafasi namo-
yandalarining (masalan, Shohobiddin Suhravardiyning)
tushun-
- tirishlaricha, bilish jarayonining ikki tayanchi bor. Birinchi
tayanch — Qur’oni Karim g‘oyalari — bilim bo'lsa, ikkinchi
tayanch — e’tiqoddir.
Shuningdek, bilish jarayon bo‘lgani uchun,
u amaliy va nazariy pog‘onalarni bosib o‘tadi. Shuning uchun
Dostları ilə paylaş: