O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Muhyiddin Arabiy. Fusus ul-hikam. («Hikmatlar javohiroti»). Bayrut, 1980



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Muhyiddin Arabiy. Fusus ul-hikam. («Hikmatlar javohiroti»). Bayrut, 1980,
50—55-betlar.
2 O'sha asar, 62—69-betlar.
Tariqat — arabcha termin bo'lib, yo‘l, usul, maslak degan m a’noni bildiradi.
Ilmiy-falsafiy adabiyotlarda yo‘l, tarmoq, yo‘nalish, bosqich ma’nolarida ishlatil-
moqda.

Suluk - tariqatning shahobchalaridan biri, so'fiylarning turmush tarzi
m a’nosida ishlatiladi.
217


Har bir tariqat, har bir suluk o ‘ziga xos xususiyatlari, qoi­
dalari, axloqiy talablari bilan biri ikkinchisidan farq qiladi.
So‘fiylikning g'oyaviy-nazariy asosi boigan tasaw uf talab- 
lariga ko‘ra, inson barkamollik darajasiga ko‘tarilmog‘i uchun 
to ‘rtta murakkab: shariat-tariqat-ma’rifat-haqiqat bosqichlarini 
bosib o‘tmog‘i zarur. Ushbu bosqichlar biri ikkinchisi bilan 
dialektik aloqador va biri ikkinchisiga ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, 
shariatsiz tariqat bosqichiga ko‘tarilib bo‘lmaydi. Tariqat shariat 
qonun-qoidalarini bajarish va Olloh muhabbatiga muyassar bo‘lish 
jarayonida bosib o‘tilishi darkor bo‘lgan yo'ldir.
Ruhiy-ma’naviy barkamol bo‘lishni orzu qilgan har bir ki­
shi, eng awalo, shariat qonun-qoidalarini yaxshi bilmog‘i va 
unga qat’iy rioya qilmog'i darkor. Shariatda insonning barcha 
xatti-harakatlari dastlabki paytda ikki turga: harom va halolga 
bo'lingan edi. Shariat qonun-qoidalarining takomillashib borishi 
bilan inson faoliyati beshta yirik mezon asosida boshqariladigan 
bo‘ldi. Ushbu mezonlar quyidagicha: farz — har bir kishi 
bajarishi majbur hisoblangan xatti-harakatlar; mandub (sunnat)
— majburiy emas, lekin ma’qul deb hisoblangan normalar; 
muboh — ixtiyoriy bajariladigan urf-odatlar, qoidalar, makruh
— nomaqbul hisoblangan qiliqlar; harom — qat’iy taqiqlangan 
xatti-harakatlar.
Shariat qonun-qoidalariga rioya qilish malakasini o‘zida mu- 
jassamlashtiigan kishi tariqat bosqichiga qadam qo‘yadi. Boshqacha 
aytganimizda, tariqat adablarini o‘zlashtirishga kirishadi. Tariqat 
adabi talablariga ko‘ra, ushbu bosqichga qadam qo‘ygan kishi, 
eng awalo, ustoz saboqlaridan bahramand bo‘lishi lozim. Chunki 
ustoz (pir) sabog‘ini olmagan shogird (murid) chinakam 
barkamollik darajasiga ko‘tarila olmaydi. Xuddi shuning uchun 
ham, tariqat adabi talablariga ko‘ra, barkamol inson darajasiga 
ko‘tarilishni orzu qilgan har bir kishi ustoz va shogird (pir va 
murid) munosabatlari chig‘irig‘idan o‘tmog‘i darkor. Ustoz va 
shogird orasidagi insoniy munosabatlarning yo‘Iga qo‘yilishi 
barkamol inson darajasiga ko‘tarilishning muhim sharti hisobla- 
nadi.
Tariqat adabi talablariga ko‘ra, har qanday shogird o‘z ustozi 
ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarishi lozim. Chunki ustozsiz, pir-u
218


murshidsiz har qanday shogird o‘z murodiga, ya’ni Xudo vasliga 
yeta olmaydi. Ustoz o‘z shogirdiga uzluksiz yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, 
uning kundalik faoliyatini nazorat qilib turmasa, shogird hali 
tajribasizligi uchun o‘zini o‘zi taftish qila olmaydi. Shuning 
uchun ham barkamol inson bo'lishga ahd-u paymon qilgan har 
bir kishi, tajribali ustozga qo‘l berib, o‘z inon-ixtiyorini uning 
ixtiyoriga topshirishi zarur. Boshqacha aytganimizda, tariqat bos- 
q ichida turgan shogirdning inson barkam olligi sirlarini 
o‘zlashtirishining muhim sharti o‘z inon-ixtiyorini ustoz izmiga 
bo‘ysundirishdir, shu ma’noda ba’zan tariqatni irodat ham deb 
yuritadilar.
Tariqat adabi qoidalariga asosan, shogird (murid, solik)ga 
saboq beruvchi ustoz (pir, murshid), murabbiy zimmasiga katta 
mas’uliyat yuklatiladi. Xususan, shogirdni barkamollik pillapoyalari 
tomon yuksaklikka chorlovchi ustoz, tariqat adabi talablarini 
mukammal biladigan va unga qat’iy rioya qiladigan, qalbi Olloh 
m a’rifati bilan limmo-lim to ‘la orif inson bo‘lishi kerak. Ustoz 
bilimining chuqurligi, tariqat usullarini mukammal bilishi, ax- 
loqan pokligi, so‘zi va ishining birligi, tashkilotchiligi va tad- 
birkorligi bilan shogirdlariga hamisha shaxsiy o‘mak bo'lishi lozim. 
Saboq berish jarayonida o'zining ishontira bilish san’ati bilan 
boshqalardan ajralib turishi darkor.
Ustoz hech qachon shogird mulkiga ko‘z olaytirmasligi, ak- 
sincha, uning yumushlarini osonlashtirishga, ilm-bilim olish 
borasidagi qiyinchiliklarini bartaraf etishga, turli ma’rifiy muam- 
molarni hal qilishga ko‘maklashmog‘i lozim. Ma’rifiy muammo- 
larni bartaraf eta olmasa, shogirdni maslahat olish uchun o‘zidan 
kuchliroq shayxga yo‘llamog‘i zarur. Shogirdlaming iste’dodi xil- 
ma-xil bo‘lganidek, ustozlarning murabbiylik mahorati, intellek- 
tual salohiyati turlicha bo‘ladi. Tariqat adabi talablariga ko‘ra, 
ustozlar ham o‘zlarining murabbiylik mahoratlarini, intellektual 
salohiyatlarini oshirib borishi shogirdning barkamollik darajasiga 
ko‘tarilishining eng muhim shartlaridan biridir.
Tariqat talablariga ko‘ra, barkamollik tomon intiluvchi har 
bir kishi (xususan, shogird) ruhiy-m a’naviy kamolotga ega 
bo‘lmog‘i uchun quyidagi to‘qqiz qoidaga qat’iy amal qilishi 
zarur: 1) tavba; 2) vara’; 3) zuhd; 4) faqir; 5) sabr; 6)
219


havf; 7) rijo; 8) tavakkul; 9) rizo (ayrim tasawufshunoslar 
ushbu talablar qatoriga qanoat, sidq, to ‘la ishonch, shukrni 
ham qo‘shadilar).
Tariqat adabining ushbu qoidalari mashhur soTiy ustozlari- 
dan biri Abunasr Sarroj (vafoti 988-yil) tomonidan bayon 
etilgan1. Ushbu to‘qqiz qoida, o‘z navbatida, insonning ruhiy- 
m a’naviy barkamolligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, alomatlar 
vazifasini ham bajaradi. Chunonchi, inson ruhiy-m a’naviy 
barkamolligining dastlabki alomati tavbadir.
Tavba inson ruhiy-ma’naviy qiyofasida yaxshilik tomon siljish 
sodir bo‘layotganidan dalolat beradi. Inson o‘zidagi nuqsonlarni 
ko‘ra bilishi, o‘zining ahvolini anglashi, bilib-bilmay to ‘g‘ri 
yoMdan adashganini tan olishi, qilgan johilligi-gunohlaridan afsus 
va nadomat chekishi to‘g‘rilik tomon burilishidir. Manmanlik va 
takabburlikdan jirkanib, g‘aflat uyqusidan uyg‘onish, nomaqbul 
odatlar, qiliqlardan voz kechishidir. Xullas, insonni rizolatga 
solib, hijolat chekishga sabab bo‘ladigan barcha illatlardan ogoh 
bo‘lib, ulardan afsuslanishi, nafratlanishi — tavbadir2.
So‘fiylarning tushuntirishlaricha, har qanday kishi ham 
o ‘zining nomaqbul ishlaridan afsus chekmaydi, pushaymon 
bo‘lmaydi. Chinakam tavba, nasli toza, hidoyatga moyil kishi- 
larga Parvardigor tom onidan ravo ko‘riladi. «Har qanday 
nokas-u nojins» tavbaga Ioyiq emas. Chunki asli toza insongina 
o‘z gunohlaridan xabardor bo‘lgach, o‘z qilmishlaridan hijolat 
tortib, siqila boshlaydi, nomusdan vujudi yonib, dimog‘idan 
uyat tutuni ko‘tariladi. Parvardigordan uzr so‘rab, nomaqbul 
ishlaridan o‘zini tortadi, tavba qilib, yomon fe’llaridan cheki- 
nadi. Adashgan yo‘lini o‘zgartirib, to‘g‘ri yo‘lga kiradi3.
Inson ruhiy-ma’naviy barkamollik tomon borayotganligining 
ikkinchi muhim alomati vara’dir. Tariqat odobining vara’ tala- 
biga amal qiladigan har bir kishi, har qanday shubhalardan, 
gumonlardan o‘zini saqlashi darkor. Ayniqsa, o‘z tiliga (til 
vara’si) hushyor bo'Iishi, g‘iybat, tuhmat, turli fisq-u fasod-

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin