pir-u murshid rahnamolik qilmasa, murid shaytoniy yo'lga kirib
ketishi hech gap emas1.
Inson olami ilohiy olam bilan bevosita bog'liq bo'lganligi
uchun inson olamining o‘ziga xos xususiyatlarini bilmasdan turib,
ilohiy olam haqidagi qarashlarini to‘la deb bo'lmaydi. Afsuski,
inson ilohiy olam sirlarini ko'zi bilan ko‘ra olmaydi, qulog‘i
bilan eshita olmaydi, balki ruhiyatida, kayfiyatida bo‘ladigan
o'zgarishlarni o‘ta hushyorlik bilan aql-farosat yordamida tahlil
qilish orqali erishadi. Shuning uchun Najmiddin Kubro ilohiy
olamni bilishda intuitiv tafakkur muhim ahamiyatga ega ekan
ligini har tomonlama isbotlashga harakat qildi.
Najmiddin Kubro o‘zi yaratgan «latoif» nazariyasiga asos-
lanib, inson ruhiy holatida bo'ladigan o'zgarishlar, xususan,
turli his-tuyg‘ular, kechinmalar, xayajonlaming vujudga kelishi
va ularning o'zaro almashib turishi, turli shakllar va ranglarda
namoyon bo'lishini tushuntirib berdi. Uning fikricha, inson ruhiy
holatida bo'ladigan o'zgarishlar turli shakllarda, chunonchi:
nuqta, dog‘, doira, shuningdek, turli ranglarda namoyon bo'ladi.
Har bir shakl, har bir rangda m a’lum m a’no yashiringan
bo'ladi. Xususan, doira — falakning aylanib turishini ifodalasa,
dog‘ — dunyo timsolidir, nuqta esa vahdatdir. Doira o‘z o‘qi
atroflda aylanib turgani uchun nuqta tomon uzluksiz intiladi.
Shuning uchun ham nuqta mohiyatini anglash orqali inson
ilohiy olam mohiyatini idrok etadi.
Doira, dog‘ va nuqta holatlarining o‘zgarib turishi, turli
ranglaming almashinib turishi, inson ruhiy holatini ifodalaydi.
Najmiddin Kubroning ishontirishicha, oq, sariq, zangori, yashil,
ko‘k, qizil, qora ranglar inson ruhiy kamoloti darajasini ifo
dalaydi. Xususan, oq rang — islomni, sariq rang — imonni,
zangori rang — ehsonni, yashil rang — ishonchni, ko‘k rang
— to'liq ishonchni, qizil rang — irfonni, qora rang — haya-
jonni (hayratni) anglatadi. Mutafakkiming inson ruhiy qiyofa-
sida bo'ladigan o'zgarishlar darajasini turli ranglarda qiyoslashi,
o‘rta asr musulmon falsafasining buyuk yutuqlaridan biri edi.
Najmiddin Kubroning tushuntirishicha, inson Xudo vasliga
yetmog‘i uchun nafaqat ruhan pok, balki m a’naviy yetuk ham
Dostları ilə paylaş: