bo‘lmog‘i zarur. Buning uchun esa har bir murid, har bir
I solik quyidagi o‘n axloqiy talabni bajarmog‘i darkor:
— tavba — har bir qilingan kichik xato yoki gunoh uchun
darhol Xudodan kechirim so‘rash, pushaymon qilish;
— zuhd — (taqvo, parhez) tavba qilgan kishining haromdan
hazar qilishi, Ollohdan qo‘rqib, man etilgan ishlami qilmasligi;
— tavakkul — kundalik amaliy faoliyatda yolg‘iz Ollohga
suyanish, o‘z ixtiyorini Xudoga topshirish;
— qanoat — ozga rozi b o ‘lib, ko‘pdan voz kechish, .
(ta’magirlikning aksi);
— uzlat — boshqalardan ajralib, yakka o‘tirish;
— tavajjuh — butun vujud bilan Xudoga sig‘inmoq, yarat-
ganga yuzlanib, undan madad so‘rash. Ollohga qalbdan intilish;
— sabr — boshga tushgan og‘ir ahvoldan nolimaslik, turli
azob-uqubatlarga chidash (chidamlilik darajasi);
— muroqaba — Tangri borlig'ining dengiziga sho‘ng‘ib, ilohiy
olamni kuzatmoq, ilohiy olamga fikran — xayolan sayr qilmoq;
— zikr — dilda ham, tilda ham Xudoni yod aylamoq;
—
rizo — Tangri irodasiga qarshilik ko‘rsatmasdan, taqdir
hukmiga bo'ysunish1.
Najmiddin Kubroning fikriga muvofiq, inson ruhiy-ma’naviy
kamolotiga erishuvining eng muhim shartlaridan biri — umrni
zoya ketkazmaslik, behuda ishlarga sarf qilmaslikdir. Mutafak-
kirning yozishiga qaraganda2, inson umri juda tez o ‘tib ketadi-
gan, tarix uchun arzimas bir fursatdir. Shuning uchun ham,
o‘lim va oxiratdan ko‘ra yaqinroq, orzudan ko‘ra uzoqroq,
xotiijamlikdan ko‘ra go‘zalroq narsa yo‘q. Inson ma’naviy qiyo
fasini bezab turadigan eng muhim bezak — tavoze, eng xunugi
— baxillikdir. Yaxshi xulq yaxshilik ustiga yaxshilik olib kelsa,
hasadgo‘ylik yomonlik ustida yomonlik qo‘shadi. Doimiy sa’y-
harakatda bo‘lgan kishi hamisha zafarlarga erishaversa, loqayd,
dangasa esa muvaffaqiyatsizliklarga giriftor bo‘laveradi. Kubroning
ta’kidlashicha, insonning ma’naviy yetukligi o‘z nafsini tiya bilish
Dostları ilə paylaş: