yuksak m a’naviyatli, qalbi yaxshilik, ezgulik bilan to‘la kishidir.
Ana shunday odamlar soni jamiyatda qancha ko‘p bo‘lsa, bu
foniy olam shuncha barqaror va osoyishta bo‘ladi.
X asrga kelib, so‘fiylikning g‘oyaviy-nazariy asosi — tasawuf-
ning shakllanish jarayoni boshlandi1. So‘fiyIikning g‘oyaviy-nazariy
qismi tasawuf o‘rta asr falsafasidagi Qur’on va Sunna an’analariga
asoslanuvchi yirik ta’limotlar: sunniylik va shialikka, mutakallimlik
va mu’taziliylikka nisbatan musulmon madaniyati va ma’naviyati
taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunonchi, islom
aqidalari, qonun va qoidalarini qayta tahlil qilish imkoniyatlarini
vujudga keltirdi. 0 ‘z navbatida, tasawuf o‘rta asr musulmon fal
safasida hurfikrlilik ko‘rinishi sifatida ham namoyon bo‘ldi. Shu
ning uchun Ye.E.Bertels yozganidek, «tasaw uf adabiyotini
o‘rganmasdan turib, o‘rta asrlar musulmon Sharqi madaniy hayoti
haqida tasawurga ega bo‘lish mumkin emas. Bu adabiyotdan
xabardor bo‘lmasdan Sharqning o‘zini ham anglash qiyin»2.
Alqissa, tasawufni qandaydir bir eklektik ta’limot, ya’ni
turli ilmlarning mexanik qorishmasi, deb boMmaydi. U o‘zidan
awal vujudga kelgan barcha madaniy-ma’naviy boyliklarni o‘zida
mujassamlashtirgan va ularni qayta ishlab chiqqan, shu asosda
yangi tasawufiy g‘oyalarni shakllantirgan. 0 ‘z navbatida, tasav-
vuf odamlarning orzu-umidlarini, ruhiy-ma’naviy yetuk insonni
shakllantirish borasidagi istaklarini ifodalagan. Uning ijtimoiy
mag‘zini kambag‘al, kam ta ’minlangan: shaharlardagi kichik
savdogarlar, hunarmandlar, ruhoniylarning kambag‘allashgan
qismi, shayxlar (pirlar)ning muridlari tashkil etadi3.
Tasawuf ilmi ko‘pchilik holatlarda keng xalq ommasi man-
faatlarini himoya qildi. Fuqarolarni xalq, millat, davlat, mu
sulmon madaniyatining ajralmas qismi bo‘lgan islom dini man-
faatlarini himoya qilishga da’vat etdi. Ko'rinib turibdiki, tasawuf
ba’zi tadqiqotchilar ta’kidlaganidek «mistik, o‘z qobig‘iga o‘ralib
qolgan ta ’limot» emas, balki keng mehnatkashlar ommasi man-
faatlarini ifodalovchi diniy-falsafiy ta’limotdir.
Dostları ilə paylaş: