4. TASAWUF FALSAFASI VA INSONNING
RUHIY-MA’NAVIY KAMOLOTI
a) So‘fiyIik va tasawuf
0 ‘rta asr musulmon faylasuflarining inson to‘g‘risidagi qa-
rashlarining shakllanishida va uning rivojlanishida o‘sha
tarixiy
davr madaniy-ma’naviy hayotida yirik ahamiyatga ega bo‘lgan
soTiylik ta’limotining ta ’siri sezilarli bo‘ldi.
So‘fiylik yoxud so‘fizm inson ruhiy-ma’naviy kamoloti ha
qidagi turli g‘oyaviy-nazariy qarashlar,
axloqiy qoidalar va ularni
amalga oshirish yo‘llari va uslublari xususidagi ta’limotdir. Ush
bu ta’limot bir butun, yaxlit sistemadan iborat bo‘lib, o ‘zida
ikki asosiy g‘oyaviy-nazariy va amaliy-uslubiy bo'laklarni bir-
lashtiradi. 0 ‘sha bir butun sistemaning g‘oyaviy-nazariy
qismi
musulmon falsafasida tasawuf, deb ataladi. Tasawuf so‘fiylikning
g'oyaviy-nazariy asosini tashkil etadi.
Afsuski, ilmiy-falsafiy adabiyotlarda «tasawuf» va «so‘fiylik»
tushunchalari biri — ikkinchisidan farqlanmasdan ishlatildi. Bun
day anglashilmovchiliklar hanuzgacha davom etmoqda.
Natijada,
so‘fiylikning g‘oyaviy-nazariy asoslari bilan uning amaliyoti
qo‘shib-qorib yuborilmoqda. Ko‘pchilik hollarda «so‘fiylik» va
«tasawuf», «so‘fiy» va «mutasawuf» tushunchalari bir xil ma’noda
ishlatiladi1. Ayrim hollarda «so‘fiy» tushunchasi tarkidunyochilik
bilan shug‘ullanuvchi darvish,
qalandar, zohidga nisbatan
qo'llanildi2. Chuqurroq o‘ylab ko‘rsak, «so‘fiylik» va «tasawuf»
tushunchalari o‘xshash bo‘lsada, mazmunan tubdan farq qila
di, ya’ni so‘fiylik
haqida fikr yuritganda, uning g‘oyaviy-nazariy
va amaliy tomonlarining farqiga borish zarur3.
SoTiylik axloqiy qoidalar, turmush tarzi talablarining yig‘indisi
sifatida VII asrning oxiri va
VIII asrning boshlarida Kufa,
Bag‘dod, Basra shaharlarida vujudga keldi. 0 ‘z taraqqiyotining
dastlabki bosqichlarida u ko‘pincha amaliy xarakterga ega edi.
Dostları ilə paylaş: