Davoniyning fikriga muvofiq, insonning aqliy qobiliyatlari
tug‘ma bo‘lishi yoki kundalik faoliyat jarayonida shakllanishi
mumkin. Insonning tug‘ma aqliy qobiliyatiga: zehn o ‘tkirligi,
faraz qilish, hamfikrlilikni kiritadi. Shuningdek, insonda aqliy
qobiliyatlar yashashi, mehnat qilishi, o‘qishi davomida ham
hosil bo'ladi. Buning uchun inson yashayotgan tashqi muhit
alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Donolik aqllilik mahsuli bo‘lib,
uning eng muhim ko‘rsatkichlari: xotira mustahkamligi, fahm
tezligi, iqtidorlilik, zehn o‘tkirligi, deb hisoblaydi. Shunday qilib,
Davoniy inson aqliy qobiliyatlarini aniqlovchi mezonlarni belgi-
lab berishga harakat qiladi.
Eronlik faylasufning e’tirof etishicha, insondagi barcha axloqiy
fazilatlar, xislatlar, aqliy qobiliyatlar, kasbga xos malakalar ta’lim
va tarbiyaning natijasidir. Xususan, bola tug‘ilgan vaqtda unda hech
qanday nuqson bo‘lmaydi. Unda mavjud bo'lgan barcha fazilatlar,
xislatlar yoki salbiy holatlar esa tarbiya jarayonida hosil bo‘ladi.
Shuning uchun bolada yaxshi fazilatlar, xislatlar, qobiliyatlar va
kasbga xos malakalarni hosil qilish uchun tarbiyani yoshligidan,
hatto tug‘ilganidan boshlab amalga oshirish darkor.
' Odam to ‘g‘risidagi qarashlar bolalarda ijtimoiy muhit ta’sirida
shakllanadi, yaxshi-yomon malakalar, qobiliyatlar hosil bo‘ladi.
Bola qalbi toza taxtaga o‘xshaydi. Unga har qanday tasvirni be-
malol, osongina tushirish mumkin. Davoniy fikriga muvofiq,
insonda tayyor xulq-atvor bo‘lmaydi. U ijtimoiy muhit, ayniq
sa, maktab ta’sirida hosil bo‘ladi. Shuning uchun bolalarning
qobiliyatli, iqtidorli bo‘lishi o‘qituvchiga ham bog‘liq. O'z nav
batida, o ‘qituvchini sevishga, hurm at qilishga chaqiradi.
0 ‘qituvchini haqiqiy m a’naviy ota deb hisoblaydi.
Jaloliddin Davoniy inson faoliyatini axloq va qonun yor
damida jamiyat manfaati tomon boshqarish mumkin ekanligiga
ishonadi. Har qanday johillikni, nodonlikni bartaraf etish yo'llari
va vositalarini izlaydi. U o ‘zining «Axloqiy Jaloliy» asarida1
shaharni (davlatni) fozil va johilga bo‘ladi. Fozil shaharda baxt-
sizlikka olib boruvchi barcha yo‘llar berkitilgan. Chunki bunday
shaharni bilimli, jasur kishilar boshqaradilar. Bu yerda insof,
adolat tamoyillari hukmron. Odamlar belgilangan qoida va qonun-
larga rioya qiladilar. Johil shaharda esa odamlar baxtsizlik va falokat
Dostları ilə paylaş: