tiga munosib hissa qo‘shgan musulmon faylasuflaridan biri sa-
marqandlik olim Mir Sayid Sharif Jurjoniydir1.
Uning olam va
odam to ‘g‘risidagi qarashlari «Borliq haqida risola», «Olamni
aks ettiruvchi ko‘zgu» asarlarida bayon etilgan.
Jurjoniyning fikriga ko‘ra, inson tanasida olam borlig‘ining
barcha xususiyatlari, xossalari o‘z ifodasini topadi. Xususan,
Xudoning barcha fazilatlari, xislatlari inson faoliyatida namoyon
bo‘ladi. Lekin odam Xudoga bo‘ysunganidek,
inson tanasi ham
ruhga bo'ysunadi. Koinot bilan inson, insonning tanasi bilan
uning aqli, moddiylik bilan ma’naviylik — bir butun vujudni
tashkil etadi. Moddiylik bilan ma’naviylik orasida o‘zaro aloqa
dorlik mavjud. Moddiy olam asosini to‘rt unsur: o‘t (olov),
havo, suv va tuproq tashkil etadi. Metall, o‘simliklar,
hayvon-
lar ham to £rt unsur aralashuvidan hosil bo‘Iadi. Borliqning
moddiy shaklini vujudga keltirgan yuqoridagi to‘rt unsur biri
ikkinchisiga o‘tib, aylanib turadi.
Jurjoniy moddiy va ma’naviy olamning o‘zaro aloqadorligi
haqida
fikr yuritib, tabiat borlig‘idagi barcha jismlarni oddiy va
murakkabga bo‘ladi. Murakkab va oddiy jismlar to ‘rt unsurdan
tashkil topadi. Oddiy jismlardagi yuqori qism o‘zidan nur tar-
qatishi mumkin. Oddiy jismlarning
yuqori qismiga yulduzlar
kirsa, pastki qismiga jon kiradi.
Mir Sayid Sharif Juijoniy inson aqlining vujudga kelish jara-
yoni, aql tarkibi haqida fikr yuritib, aqlda uch xil bilim mujassam
bo‘ladi, deb tushuntiradi.
Chunonchi, inson aqli tarkibida: o‘zi
haqidagi bilim, zaruriy bilim va haqiqatga doir bilimlar mavjud
bo‘ladi. Ularning birinchisidan — jon, ikkinchisidan — aql,
uchinchisidan — barcha moddiy jismlar paydo bo‘ladi.
Inson borlig‘ining turli xususiyatlarini har tomonlama tahlil
qilishda Movarounnahr va Xuroson faylasuflari an’analarini da-
Dostları ilə paylaş: