atvorini belgilashda erkinmi? degan savollarga Amir Temur sa-
royining mashhur olimlaridan biri Sa’diddin Taftazoniy1 o‘zining
«Taxzib al-mantiq val-kalom» asarida javob berishga harakat qi
ladi. Uning fikriga ko‘ra, borliqning yaratuvchisi bo‘lgan Olloh
odamlarni hamisha turli yomonliklardan o‘zlarini tiyib yurishga
chorlaydi. Yomon qiliqlar inson tabiatidan kelib chiqmaydi,
balki ularni sinab ko‘rish uchun yaratilgan. Xudo o‘z bandala-
riga o‘zlarini sinab ko'rish uchun ikki yo‘lni «taklif etadi».
Birinchi yo‘l xayrli, ezgulik ishlar bilan shug‘ullanuvchi sharaf-
li yo‘l bo‘lsa, ikkinchisi nomaqbul mashg‘ulotlar tom on
boshlovchi yo‘ldir. Qaysi yo‘lni tanlash insonning o ‘z qo‘lida,
o‘z irodasiga bog‘liq. Yomon yo‘lni tanlab gunohga botgan ban-
dalarini Xudoning o ‘zi ertami-kechmi, albatta, jazolaydi. Yo
mon xulq-atvorni qoralash Xudoning irodasiga qarshi borish
emas. Yomonlikning yer yuzida mavjud bo‘lishi odamlar uchun
poklikka, insofga qilingan da’vatdir. Yaxshilikning ahamiyatini
odamlarga tushuntiruvchi muhim vositadir.
Abu Ali ibn Sinoning inson aqlining shakllanish jarayoni
haqidagi qarashlarini har tomonlama rivojlantirgan Sa’diddin
Taftazoniy ma’lumot, bilim inson aqliy yetukligining asosini
tashkil etadi. Lekin ma’lumot bilan bilimning farqiga bormoq
zarur. Chunki har qanday ma’lumot bilim darajasiga ko‘tarila
olmaydi. Ma’lumot, insonning his-tuyg‘ulari bilan bilimi o‘rtasida
vosita vazifasini bajaruvchi bosqichdir, degan g‘oyani bayon
qiladi. Shuningdek, insondagi ichki his-tuyg‘ular, tashqi sezgi-
lar yordamida shakllanadi. Tashqi sezgilar tufayli insonda turli
bilimlar hosil bo‘ladi, degan fikr-mulohazalarni zamondoshlari
hukmiga havola qiladi.
XIV—XV asrlar inson to ‘g‘risidagi falsafiy fikrlar taraqqiyo-
Dostları ilə paylaş: