qiyin, shu boisdan kishilardan sadoqat axtarib o‘tirishning o‘zi
befoyda, mabodo shunday odam topilsa, unga sadoqatli bo‘lish
lozimligini ta’kidladi. Sadoqatsiz kishilardan sodiq itni afzal bildi.
Insonda agar sadoqat bo‘lmasa, sodiq it saqlamoq ma’qulroqdir.
Men, — deb yozadi mutafakkir, — sodiq insonning iti bo‘lishga
ham roziman1.
Pahlavon Mahmudning fikriga asosan, axloqan barkamol in
son hamisha o‘ziga, erishgan yutuqlarga tanqidiy nigoh tashlashi
darkor. Xususan, eng avvalo, o‘zidagi kamchiliklami payqab
olish, so‘ngra boshqalarning nuqsonlari haqida gapirish lozim.
Boshqalardagi kichik nuqsonlarni bo‘rttirib, o‘zining faoliyati-
dagi kamchiliklami yashirishga urinadigan kimsalarni qattiq
qoraladi. O lz xatosini sezib, uni bartaraf etishga uringan,
boshqalarning xato-yu kamchiliklarini kechiruvchi, o‘zgalarga
muruwat ko‘rsatgan kishilarni olqishladi.
0 ‘rta asrning mashhur musulmon shoiri Pahlavon Mahmud
chinakam barkamol inson tevarak-atrofida sodir bo‘layotgan ho-
disa-voqealarga befarq tura olmaydi, zamonasining quvonch va
tashvishlaridan yiroq bo‘lmaydi, deb tushuntirdi. Befarq, lo-
qayd, el-yurt tashvishlaridan o‘zini olib qochuvchi kishilarni
tanqid qildi. Xalq tashvishini o‘z dardi deb bilgan kishilarni
har tomonlama ulug'ladi. Chinakam inson xalqdan hech qa
chon ajralib qolmasligi zarur, degan fikrni olg‘a surdi.
XIV—XV asr musulmon faylasuflarining inson to‘g‘risidagi
falsafiy fikrlari taraqqiyotida Temur va temuriylar davrining o'ziga
xos o‘mi bor ekanligini ta’kidlamaslik nodonlik bo‘lur edi. Xuddi
shu davrga kelib musulmon falsafasida o‘rta asrning teotsentrik
tasawurlariga zid bo‘lgan yangi gumanistik fikr-mulohazalar vu
judga keldi. Endilikda musulmon faylasuflari inson borlig‘i, ay
niqsa, uning xulq-atvorida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar jara-
yonini o‘rganishga e’tiborni qaratdilar. Bunday holatni Mova
rounnahr, Xuroson, eronlik faylasuflar, xususan, so‘fiy (bu haqida
biz keyinroq batafsil to ‘xtalamiz) ustozlar asarlarida yaqqol
ko‘rishimiz mumkin.
Insonning o‘z ixtiyori o‘zining qo'lidami? Inson o‘z xulq-
Dostları ilə paylaş: