So‘fiylikning ilk axloqiy talablari, yo‘l-yo‘riqlarini belgilash-
da, uning maqomatlari va tariqatlarini har tomonlama asoslab
berishda Ma’ruf Qarxiy (815-yilda vafot etgan), Zunun Misriy
(859-yilda vafot etgan), Boyazid Bistomiy (875-yiIda vafot et
gan), Abdulloh Tustariy (896-yilda vafot etgan), Junayd
Bog‘dodiy (909-yilda tug‘ilgan)larning xizmatlarini alohida
ta ’kidlamoq darkor. Shunday qilib, IX asr boshlariga kelib,
so‘fiylikning amaliyoti, asosan, shakllandi.
SoTiylarning fikriga ko‘ra, inson tanasida biri ikkinchisiga
qarama-qarshi bo‘lgan ikki — rahmoniy va shaytoniy kuchlar
mavjud. Inson barkamollik darajasiga ko‘tarilmog‘i uchun rah
moniy kuchning o‘z tanasidagi shaytoniy kuchdan g‘olib chi-
qishini ta ’minlash malakasiga ega bo‘lmog‘i darkor. Inson tana
sidagi barcha shaytoniy qiliqlar, nafs, g‘azab, bilimsizlik bilan
aloqadorlikda sodir bo‘ladi. Xususan, nafs insondagi xudbinlik-
ning zaminidir. Xudbinlik esa faqat o‘z manfaati haqida o‘ylash
kayfiyatini hosil qilishda muhim manba vazifasini bajaradi. Nafs
balosiga giriftor bo'lgan kishi har qanday pastkashlik, axloqiy
tubanlikdan tap tortmaydi, harom-xarishdan hazar qilmaydi,
asta-sekin boshqalar hisobidan yashashga ko‘nikma hosil qiladi.
Oqibatda, bunday kishilar zolim, berahm, riyokor bo‘lib shakl-
lanadilar.
So‘fiylarning e’tirof etishlaricha, millatlar va elatlar orasida
sodir bo‘ladigan turli mojarolarning zaminida ham nafs yotadi.
Nafsni jilovlay olmaslik, mol-u dunyo to‘plashga hirs qo‘yish,
ya’ni boylik to ‘plashga uzluksiz intilish inson tanasini o‘tkinchi
Jazzat-u farog'at bilan ardoqlaydi. Bunday lazzat va farog‘at
qarmog‘iga ilingan inson yirtqich hayvonlardek qutura boshlaydi,
g‘azabi ortib boradi. Nafs va g‘azabning birlashib ketishi, inson
da hayvoniy qiliqlarni yanada rivojlantiradi va rahmoniy fazilat-
larni yemiradi. Natijada, bunday kishilar ma’naviy qashshoqla-
sha boshlaydilar. Xuddi shuning uchun ham, so‘fiylaming fikriga
muvofiq, inson nafsiga erk bermasligi, uni o‘z vaqtida jilovlay
bilishi zarur. Nafsga erk bermaslik, uni jilovlay olish — ma’naviy
yetuklik garovidir1.
Dostları ilə paylaş: