Ma’lumki, xalifa Usmon zamonasida boshlangan imperiya amal-
dorlari-yu, ulam olarining m ol-u dunyo to ‘plashga hirs
qo‘yishining yanada avj olishi islom diniga e’tiqod qo‘ygan kishi-
larning g‘ashiga tega boshladi. Islom axloqiga xos bo'lgan inson-
parvarlik va adolatparvarlik an’analaridan chekinish boshlandi.
Biror foydali mehnat qilmay, boshqalarning mehnati hisobiga
yashash avj olib borgan bo‘lsa, boshqa bir guruh kishilar sabr-
qanoat, ya’ni zuhd yo‘lini tutdilar. Amir-u hokimlarning axloq-
sizligiga qarshi norozilik alomati sifatida tarkidunyo qilib, o‘z
yurtlaridan chiqib ketdilar.
t
Tarkidunyo qilgan qalandar-darvishlar ijtimoiy hayotdan chet-
lashib, uzluksiz toat-ibodat bilan shug‘ullanib, bu dunyoning
barcha lazzatlaridan voz kechib, Xudo vasliga yetishni va bun-
dan lazzatlanish g‘oyasini zo‘r berib targ‘ibot va tashviqot qila
boshladilar. Ularning ba’zi birovlari yurt kezib, butun umrlarini
safarda, odamlar orasida o‘tkazishsa, boshqa birovlari o‘z ustoz-
lari, pir-u murshidlari bilan birga turishardi. Ular oila qurmay,
bola-chaqa ko‘rmay, tilanchilik bilan kun o‘tkazishar, nafslarini
jilovlab, faqirona yashashardi. Katta-kichik yig‘inlarda yaxshilik va
yomonlik haqida va’z aytishardi.
Qalandar-darvishlarning kiyinishlari ham o‘zgacha edi. Ust-
larida quroq va juldur kiyimlar, boshlarida ba’zan do‘ppi, ba’zan
esa kuloh bo‘lardi. Yonlarida turli narsalarni solish uchun kadi
osib yurishar, bellarida kamar, qo‘llarida hassa tutardi. Ko‘chama-
ko'cha, shaharm a-shahar yurib, Qur’oni Karimdagi: «Agar
Xudoni sevadigan bo'lsangiz, menga ergashinglar, shunda Olloh
sizlarni sevadi»', degan oyatni qayta-qayta takrorlardilar. Ko‘rinib
turibdiki, so‘flylik o‘z taraqqiyotining dastlabki bosqichida zo-
hidlik, ya’ni tarkidunyochilik g‘oyalarini targ'ib etgan edij Zo-
hidlik, ya’ni tarkidunyochilik g‘oyalarini Uvays Qaraniy (657-
yilda vafot etgan), basralik Hasan (728-yilda vafot etgan), Moliki
Dinor (748-yilda vafot etgan), Abu Hoshim So‘fiy (767-yilda
vafot etgan), Sufyona Savriy (777-yilda vafot etgan), Abdulloh
ibn Muborak (797-yilda vafot etgani), Fuzay ibn Ayoz (802-
yilda vafot etgan) qarashlarida ko‘rish mumkin2.
Dostları ilə paylaş: