va asosi — inson haqiqatda, olam ruhi, olam esa uning jasadi,
ya’ni insonsiz olam jonsiz vujud. Shunday qilib, inson butun
borliqdan olingan mukammal andozadir.
Muhyiddin Arabiyning e’tirof etishicha, inson qiyofasida
olamdagi barcha mavjudotlarning ifodasini ko'rish mumkin.
Chunki «u o'zida butun olam borlig‘ining mohiyatini birlashti-
radi»1. Shuningdek, inson olamning bir bo'lagi, ya’ni o'ziga
xos mikrokosmdir. Inson yuragi esa ilohiylikning «omborxona-
sidir», uni ilohiy nur hamisha nurafshon qilib turadi. Inson
qalbi bamisoli oynaga o ‘xshaydi. Lekin kimki o‘sha oynada
Xudoning chehrasini aynan ko‘rishni istasa, u o‘zini o‘zi ta-
kom illashtirishi va o ‘zini o ‘zi bilishi, shunga muvofiq
«o‘rmalamog‘i» darkor. Chunki insonning o‘zini o‘zi bilishi
Xudoni bilishga ham madad beradi2.
Muhyiddin Arabiyning yuqorida qayd etilgan fikr-muloha-
zalari, shubhasiz, tasaw uf nazariyasining poydevori bo‘lib xiz
mat qildi.
b) Inson barkamolligining bosqichlari
Yuqorida eslatib o‘tganimizdek, so‘fiylik turli qarashlar,
g‘oyaviy oqimlar, axloqiy qoidalarning yig‘indisi bo‘lishi bilan
birga o‘ziga bir nechta tariqatlami3, suluklarni4 birlashtiradi. XII—
XIII asrlarga kelib, so‘fiylik qobig‘ida tayfuriya, junaydiya, ku-
braviya, kassoriya, malomatiya, mavlaviya, sayyoriya, nuriya,
qodiriya, sahliya, suhravardiya, ne’matullohiya, bektoshiya,
yassaviya, naqshbandiya kabi tariqatlaming vujudga kelganligi
fikrimizning isbotidir. Tariqatlarda so'fiylikning amaliy yo‘l-
yo‘riqlari, qonun-qoidalari mujassamlashgan bo‘lsa, suluklarda
so‘fiylarga xos hayot kechirish normalari o‘z ifodasini topgan.
Dostları ilə paylaş: