Yusuf Hamadoniy Bag‘dodda yashagan va o‘qigan kezlarida
mashhur mutasawuf donishmand Abdul Qodir Javloniy asos
solgan tasawufning dastlabki suluklaridan biri — «qodiriya» bilan
tanishdi. Dunyoqarashida tasawuf falsafasiga mehr uyg‘ondi. Uning
fikriga ko‘ra, o‘zining butun fikr-u zikrini Xudoga bag‘ishlagan,
uning vasliga yetish yo‘lini izlagan kishini tasaw uf ahli deyish
mumkin. Xudo vasliga yetmoq uchun poklik, halollik, to‘g‘rilik,
mehr-oqibat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insof va diyonatga
chaqirdi. Shogirdlarini zulm va istibdodga qarshi kurash, haqgo‘ylik
va xudojo‘ylik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyaladi. Faqirona hayot
kechirib, umr bo‘yi dehqonchilik va kosiblik bilan shug‘ullandi.
Yusuf Hamadoniyning fikriga binoan, kishining har bir so‘zida
ong, aql-idrok sezilib turmog‘i, har bir qadamida diqqat-e’tibor
bo‘lmog‘i zarur. Inson hamisha o‘z vatani ishqi bilan yashamog‘i
darkor. Vatanni e’zozlaydigan insonda milhy g‘urur baland bo‘ladi.
Bunday kishi boshqalarga hamisha yaxshi ko‘z bilan boqadi,
insonparvarlikni qadrlaydi. Odamlarni hamisha yaxshilik tomon
chorlaydi. Ayniqsa, yoshlarni halol bilan haromning, uvol bilan
savobning farqiga borishga undaydi. Harom bilan halolning far-
qiga yetadigan kishigina, uning fikriga ko‘ra, boshqalarning,
jamiyatning qadriga yetadi.
Yusuf Hamadoniy Muhammad Payg‘ambaming birinchi xali-
fasi bo'lmish Abu Bakr asos solgan «xufiya zikr» (yashirin,
ovoz chiqarmasdan ijro etiladigan zikr)ni har tomonlama rivoj-
lantirdi. 0 ‘z zamonasining buyuk kishisi darajasiga ko‘tarildi. Xuddi
shuning uchun ham, «o‘z asrining qutbi» (Qutb ul-asr») nomini
oldi. Shuningdek, Sharq falsafasida «Shoh Hamadoniy» nomi
bilan mashhur bo'ldi.
Yusuf Hamadoniy umrining ko‘p qismini Buxoro madrasa-
larida o'tkazdi. Yuzlab shogirdlarga saboq berdi. Hasan Andoqiy,
Abdullo Baroqiy, Ahmad Yassaviy va Abduxoliq G'ijduvoniylar
alohida talant egalari bo‘lib, uning ta’limotini yanada rivojlantir-
dilar.
Yusuf Hamadoniyning talantli shogirdlaridan biri Ahmad
Yassaviy (1041-yilda tug‘ilgan) edi1. Ahmad Yassaviy Mova-
Dostları ilə paylaş: