darajadagi aql o'zining faoliyat ko‘rsatishi, yaratuvchanligi bi
lan faqat qabul qilish xususiyatiga ega bo‘lgan
passiv aqldan
tubdan farq qiladi.
Aristotel inson deb ataluvchi tirik mavjudotni, bir tomon-
dan, «butun va bo‘linmas», deb talqin etgan bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, unga o‘ziga o'xshaganlar
bilan yashashga mahkum
etilgan «Siyosiy mahluq» sifatida qaraydi. U o‘zining «Siyosat»
nomli asarida insonga quyidagicha ta’rif beradi: «....inson o‘z
tabiatiga ko‘ra siyosiy mavjudotdir»1.
Aristotel odamning inson darajasiga ko'tarilishida jamiyat hal
qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini alohida qayd etadi. Odamlar
faqat jamiyatda inson bo‘lib shakllanadilar,
axloqiy mavjudot
bo‘lib tarkib topadilar. Lekin bunday tarbiya faqat adolatli dav
lat sharoitida amalga oshishi mumkin. Haqiqiy adolat prinsiplari
va normalari asosida yaratilgan qonunlar ustuvorligiga erishish,
ularga amal qilinishini ta’minlash, fuqarolarda chinakam insoniy
fazilatlarni tarbiyalaydi2.
Aristotelning
fikriga muvofiq, odamlarni faqat moddiy farovon-
lik emas, balki ijtimoiy adolat prinsiplariga rioya qilishi ezgulik
tomon boshlaydi. U ezgulik deganda aql-zakovat bilan ish
ko'rishni, mehribonlikni, mardlik, ochiqko‘ngillik, to ‘g‘rilik,
xayrixohlikni tushunadi. Faylasufning e’tirof
etishicha, kimki
o‘zining xulq-atvori uchun javob bermaydigan holatda bo'lsa,
bunday kishi o‘ziga-o‘zi xo‘jayinlik qila olmaydi. Bunday kim-
salar insof, adolat va boshqa ezgulikka chorlovchi fazilatlardan
benasib bo‘ladilar. Bunday qul o‘z tabiatiga ko‘ra
boshqa kishi-
ning irodasini ijro etadi, xolos.
Aristotel insonni olamdagi tirik mavjudotlarning toji deb
tushuntiradi. Chunki, inson degan tirik mavjudotda rivojlangan
intellekt mavjud, u nutq so‘zlash
imkoniyatiga, yaxshilik bilan
yomonlikning farqiga borish qobiliyatiga ega. «Tabiat insonning
qo‘liga qarab intellektual va axloqiy kuch-quwat qurolini ber-
di»3, deb yozgan edi u. Aristotel
bunday fikr-mulohazalarni
bayon qilish yordamida inson bilan hayvon o'rtasidagi farqni
ko‘rsatib bermoqchi edi.
Aristotel odamlar o‘z tabiatlariga muvofiq aslida bir-birlari
Dostları ilə paylaş: