tarixiy yo‘lni zamon tushunchasi yordamida tahlil qilish, qadimgi
zamon Yevropa falsafasiga (xususan, Yunon falsafasiga) xos xu
susiyat emas edi. Chunonchi, Yunon falsafasida inson koinot-
dagi hayot chig‘irig‘idan o‘tkazib o‘rganilar edi. Avgustin esa,
zamon bu — inson qalbining yutug‘i deb isbotladi. Uning tushun
tirishicha, koinot va uning harakati bo‘lmasa ham qalb saqlanib
qoladi. Qalb bor ekan, zamon ham bo‘laveradi-.
Avgustinning fikriga asosan, zamon mavjudligining sharti —
qalbimizni tartibga solishdir. Buni uchta asosiy yo‘l-yo‘riq yor
damida kuzatish mumkin. Kelajakka bo'lgan umidda, bugungi
kunga bo‘lgan e’tiborda va o‘tmish bilan aloqador bo‘lgan xo-
tirada. Inson zamon chig‘irig‘idan o‘tkazib tahlil qilinganda, u
faqat tabiatning mahsuli emas, balki tarixiy mavjudot ekanligi
ma’lum bo‘ladi. Lekin o‘rta asrda insonni bunday tushunish
keng tarqalmadi. Chunki, o‘rta asrda tarixning o‘zi hali «Mu-
qaddas voqealar» qobig'idan chiqishga ulgurmagan edi. Tarix
zamonning buyuk voqealarini o‘ziga mujassamlashtiigan edi, xolos.
Faqat Renessans davrida «dunyoviy», «muqaddas» tushunchalari
alohida reallik sifatida talqin etila boshladi.
Insonning ma’naviy dunyosi, uning ruhiy olamining shakl-
lanish jarayoni muammolari, o‘rta asrning mashhur xristian
faylasuflaridan biri, sxolastikaning yirik namoyandasi Foma Akvin-
skiyning1 ham diqqat markazida bo‘ldi. Akvinskiyning fikriga
muvofiq, insonda mavjud bo‘lgan xislatlar, fazilatlar, qobiliyat-
larning eng oliysi aqldir. Inson aql yordamida yaxshi va yomon,
ezgulik va johillikning farqiga boradi. Insondagi o‘sha aql-nazariy
va amaliy ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Amaliy aql deganda,
nazariy yo‘l-yo‘riq, fikr-mulohazalar emas, balki kundalik tur-
mush uchun zarur bo‘lgan xulq-atvorni bajarishga qaratilgan
faoliyat tushuniladi.
Foma Akvinskiyning tushuntirishicha, qalb inson hayotining
barcha jabhalari shakllanishida asosiy tamoyil vazifasini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: