O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Dante Aligeri 1265-yilning may oyida Florensiyada kambag'allashgan aslzoda



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Dante Aligeri 1265-yilning may oyida Florensiyada kambag'allashgan aslzoda
oilasida tavallud to'pdi. Diniy maktabda, Boloniya universitetida saboq olgan. Falsafa,
axloq, ilohiyot, tarix, mantiq- ilmlarini chuqur o'rgandi. Ilmiy dunyoq'arashini
shakllanishida Sharq faylasuflari Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd asadarining
ta’siri beqiyos edi. Florensiya ijtimoiy-siyosiy hayotiga faol ishtirok etdi. 1321-yil
14-sent'abrida Rovennada vafot etdi. Uning ijtimoiy-falsafiy qarashlari «Yangi
hayot», «Falsafa yordamida ovinish haqida risola», «Bazm», «Monarxiya», «Ilo­
hiy komediya» asarlarida bayon etilgan.
2 Qarang: Suiaymonova F. Sharq va G ‘arb. Toshkent, 1997, 346—400-betlar;
Kornilov N. Tafakkur karvonlari. Toshkent, 1999, 56— 120-betlar.
75


zid o'laroq axloqni hamma fanlardan, hatto teologiyadan, 
metafizikadan ham ustun qo‘yadi.
Dante o‘zining «Bazm» asarida insonning insoniyligini aniq- 
lovchi mezonlami yaratishga urinadi. Uning fikriga ko‘ra, inson­
ning insoniyligini ifodalovchi eng muhim xususiyat sahiylik, 
olijanoblikdir. Shoirning tushuntirishicha, inson umri to ‘rt asosiy 
faslni bosib o‘tadi: birinchisi — yoshlik, u i'ssiqlik va namlikka 
monand; ikkinchisi — balog‘at, unga issiqlik va quruqlik xos; 
uchinchisi — keksalik, unda sovuq va quruqlik mavjud; to‘rtinchisi
— qartayish, unda sovuqlik va namlik bor.1 «Bazm»da e’tirof 
etilishicha, inson tabiat sirlarini bilishga qodir. Xuddi shuning 
uchun ham inson doimo bilimga intiladi, unga ehtiyoj sezadi. 
Bilim ruhimizning oliy xususiyatidir va inson uchun bilim olish 
eng yuksak lazzatdir, deydi Dante.
Dante «Monarxiya» (1312—1313-y.) nomli asarida o'zining 
siyosiy va g‘ayridiniy qarashlarini bayon qiladi. Cherkov va Rim 
papasini davlatni idora qilish ishlariga aralashmasligi zarur, deb 
hisoblaydi. Sharqning mashhur mutafakkiri Ibn Rushd izidan 
borib, ruhoniylarning saltanatni boshqarishlarini inkor etadi. 
Adolatli hukmdor boshchiligida yagona davlat qurish g‘oyasini 
ilgari suradi. Siyosiy tarqoqlik tufayli jabr-zulm ko‘rgan Italiya 
xalqlarini birlashtirib, urushlarni yo‘q qiluvchi tuzum — jahon 
imperiyasi o‘rnatish haqidagi g‘oyalarni targ‘ib qiladi. Turli 
hududlarda yashovchi, turli diniy maslakdagi kishilar orasida 
ham q&ndaydir bir yaqinlik, o‘xshashlik, umumiy tomonlar, 
bir ibora bilan aytganda, umuminsoniy fazilatlar bor, degan 
xulosaga keladi. Yevropa tarixida birinchilardan bo‘lib «umuminsoni- 
yat» tushunchasini badiiy-falsafiy adabiyotga kiritadi. Xuddi shu­
ning uchun ham xristian dini ulamolari Dantening «Monar­
xiya» asarini kuydirish, asar muallifining xokini qabrdan chiqarib 
tashlashni* Italiya hukmdorlaridan talab qila boshlaydilar. Ammo 
Ravenna hokimi Danteni himoya qiladi.
Dantega dunyoviy shon-shuhrat keltirgan buyuk asari «Ilohiy 
komediya»dir. Asar nafaqat uning g‘oyaviy-siyosiy qarashlari- 
ning yakuni, badiiy tafakkurining toji bo‘lib qolmasdan, balki 
umuman o‘rta asr madaniyatining yakuni edi. Ayni paytda Yevropa 
badiiy adabiyotining kelajakdagi yo‘lini aniqlab beruvchi yirik 
ahamiyatga molik ijtimoiy voqea edi.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin