O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


a) Gumanistik g‘oyalarning shakllanishi



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

a) Gumanistik g‘oyalarning shakllanishi
Yevropada Renessans davri, yuqorida eslatib o‘tganimizdek, 
turli bosqichlami bosib o'tdi, shuning uchun ham u turlicha 
xususiyatlarga ega edi. Renessans davri o'zining ilk bosqichida 
italyancha gumanistik xususiyatga ega edi. Florensiya italyancha 
gumanistik harakatning haqiqiy markaziga aylangan edi.
Florensiyalik gum anistik harakat tashkilotchilari va 
targ‘ibotchilari gumanizm g'oyalari haqida fikr-mulohaza yurit- 
ganda qadimgi rimlik mutafakkir, mashhur faylasuf Sitseron 
(eramizdan awalgi birinchi asr) pand-u nasihatlariga rioya qilar 
edilar. Sitseron gumanizm deganda, eng awalo, insonning in- 
soniyligini tushunar edi. Insoniylik qadimgi yunonistonliklarning 
bir-biriga zid bo‘lgan turli-tuman plyuralistik fikr-mulohazalari 
asosida shakllangan, Rim madaniyatining eng buyuk yutug'i, 
uning natijasi deb qarar edi. Shuning uchun ham, Sitseron 
fikriga muvofiq, gum anizm odam ning inson darajasiga 
ko‘tarilishini, uning qayta vujudga kelishini, insonda insoniylik 
alomatlarining mujassamlashish jarayonini ifodalovchi iboradir.
Sitseron ushbu ibora yordamida insonning eng buyuk qadri- 
yat ekanligini cherkov «otalari»ga tushuntirmoqchi edi. Xuddi 
shuning uchun ham insoniylik iborasi xristian cherkovining 
«otalari» — Tertullion, Laktansiy (III—IV asrlar)larning lotin 
tilida yozgan turli yozishmalarida ishlatila boshlandi. Shunday 
qilib, gumanizm lotincha ibora bo'lib (humanus), insoniylik tomon 
intilish yoki insonning insondek yashashi uchun zarur bo'lgan 
shart-sharoitlarni yaratish degan m a’noni bildiradi. Inson qa­
chon o‘zi haqida, o‘zining olamdagi o‘rni, o‘z tabiatining
73


mohiyati va o‘zining nimalarga qodirligi, o‘z borlig‘ining ma’nosi 
va maqsadi haqida o‘ylay boshlasa, ana o‘shanda gumanizm sodir 
bo‘ladi. Shubhasiz, gumanistik fikr-mulohazalar hamisha ham 
konkret ijtimoiy-tarixiy asoslarga ega boMgan.
Gumanizm iborasini tor m a’noda tahlil qiladigan bo'lsak, 
uni g‘oyaviy harakat deb baholash mumkin. Chunonchi, gu­
manizm g‘oyalari o‘zining ilk bosqichida Italiyada qadimgi za­
mon adabiyotlarini, san’atini, til va madaniyatini o‘rganish shak- 
lida namoyon bo‘ldi. Xususan, italyan adabiy tilining asoschisi 
hisoblangan Dantening «Ilohiy komediya»si, mashhur falsafiy 
asari «Bazm» va eng muhim siyosiy traktati «Monarxiya» asar- 
lari italyancha gumanizm g'oyalarining shakllanishida qudratli 
manba vazifasini bajardi (Dante gumanizmi haqida keyinroq 
batafsil to‘xtalamiz). Gumanistik harakatning qadr-qimmati faqat 
falsafiy fikrlash madaniyati rivojlanishiga qo‘shgan hissasiga qa­
rab emas, balki qadimgi qo‘lyozmalami o‘rganish borasida amalga 
oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga qarab baholanadigan bo‘ldi. 
Xuddi shuning uchun ham Yevropa Renessans davrining ilk 
bosqichini xarakterlovchi italyancha gumanizm ayrim hollarda 
adabiy-filologik voqea sifatida ham ta’riflana boshlandi.
Italyancha gumanizmning nazariy asoslarini platonizm va ne- 
oplatonizm g‘oyalari tashkil etar edi. Italyancha gumanizmda 
platonizm va neoplatonizm falsafasi rivojlanish va taraqqiyot 
ramzi, deb tushunilar edi. Ayniqsa, Platon falsafasi butun 
o'tmish falsafasining toji, kulminatsiyasi, deb hisoblanardi. Xuddi 
shuning uchun ham Florensiyadagi Platon Akademiyasi — 
Platonni «faylasuflarning xudosi», deb e’lon qildi. Chunki Pla­
tonning falsafiy doktrinasi nafaqat falsafiy fikrlash madaniyati 
taraqqiyotiga, balki xristianlikning rivojiga ham munosib hissa 
qo‘shganligi qayta-qayta ta ’kidlandi.
Florensiyalik allomalar Platonning inson tabiatida g‘ayriinsoniy 
qiliqlar mavjudligi haqidagi konsepsiyani ishlab chiqishdagi xiz- 
m atlari alohida tahsinga sazovor ekanligini ta ’kidladilar. 
Shuningdek, florensiyalik mutafakkirlar Platon va uning izdosh- 
lari bayon etgan falsafa bilan din, odam bilan Xudo orasidagi 
o‘zaro munosabatlar, ayniqsa, inson haqidagi ajoyib fikr-mu- 
lohazalami har tomonlama qollab-quwatladilar. Bunday holatni 
italiyalik mashhur allomalar Dante Aligeri va Piko Della Mi- 
rondola asarlarida yaqqol ko‘rish mumkin.
74


Gumanistik antropotsentrizm g‘oyalarini ishlab chiqishda va 
uni rivojlantirishda munosib hissa qo‘shgan xristian allomalaridan 
biri Dante Aligeri1 — o'rta asming so‘nggi va Yevropa ilk Re­
nessans davrining buyuk shoiri, publitsisti, faylasufi va siyosiy 
arbobi edi.
U jahon madaniy merosi xazinasini «Yangi hayot», «Falsafa 
yordamida ovinish haqida risola», «Bazm», «Monarxiya», «Ilo­
hiy komediya» kabi asarlar bilan boyitdi. Ayniqsa, Sharq madani­
yati, xususan, Sharq falsafiy tafakkuri bilan Yevropani tanish- 
tirishda Dantening xizmatlari beqiyos bo‘ldi. Uning sevimli mah- 
bubasi Beatrichega bag'ishlagan «Yangi hayot» she’riy to'plamida 
(1291 — 1292-yillarda to ‘plam .holiga keltirgan) Ibn Sino va Ibn 
Rushdning sharqona an’analarini davom ettirib, chinakam ishq 
va muhabbat, vafo va sadoqatni e’zozlaydi2. Muhabbatning chi­
nakam insoniy fazilat, oliy axloq, odob, umuman insonga xos 
bo‘lgan eng oliy xususiyat ekanligini ta’kidlaydi. Ishq-muhab- 
batning shakllanishi va rivojlanishi jarayonini tushuntirib berishga 
harakat qiladi, uni har tomonlama e’zozlashga chaqiradi.
Dante 1304— 1308-yillarda quvg‘inda bo'lgan kezlarida o‘zining 
yirik ilmiy-falsafiy asarlaridan biri «Bazm» va badiiy-filologik 
asari «Xalq nutqi»ni yozadi.
«Bazm» o‘rta asr falsafiy tafakkurining yirik qomusiy asari 
hisoblanadi. Dante bu asarida, eng avvalo, o‘z zamondoshlari, 
maslakdoshlarini falsafani har tomonlama, chuqur o‘rganishga 
chorlaydi. Falsafiy merosdan xabardor bo‘lishni har bir fu- 
qaroning insoniy burchi deb hisoblaydi. Dante «Bazm»da inson 
muammosini, ayniqsa, uning ma’naviy-axloqiy qiyofasining shakl­
lanishi jarayonini tahlil qilishga katta e’tibor beradi. Shoirning 
fikriga ko‘ra, har bir kishining ma’naviy-axloqiy qiyofasi jami- 
yatning madaniy darajasini belgilaydi. Dante o‘rta asr ta’limotlariga

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin