cheklangan va aqlning eng yuqori cheklanmagan imkoniyatlari
dan iboratdir.
Kuzanskiy qayta-qayta ta ’kidlaganidek, aql ham qarama-
qarshiliklar qonuniga bo‘ysunadi. Bunday tendensiya uchun «Ha»ga
«Yo‘q»ni, aylanaga ko'pburchakni qarama-qarshi qo‘yish tabiiy
hoi hisoblanadi. Qarama-qarshiliklar zanjiri cheksizlik tomon
boshlaydi va asta-sekin unga qo‘shilib ketadi. Natijada, cheklan
magan ko‘pburchak aylanaga o‘xshab qoladi.
Haqiqatga yaqin bilimlar muammosi Nikolay Kuzanskiy to
monidan dialektika prinsiplari asosida yechib berildi. Uning ha-
qiqat to‘g‘risidagi qarashlarining asosida ham dialektika prinsiplari
yotadi. Chunonchi, uning fikriga ko‘ra, haqiqat o‘zining qarama-
qarshi tomoni anglashilmovchiliklardan iborat bo'lmaydi, Bami-
soli yorug‘likni qorong‘ulikdan ajratib bo‘lmaganidek, yorug‘liksiz
qorong'uda yurib bo'lmaydi. Inson o‘zining bilish borasidagi faoli
yati yordamida haqiqatni aniqlashga qodir. Olamning mohiyati
to‘g‘risida ozmi-ko‘pmi, aniqmi-noaniqmi tasawurlaiga ega bo‘ladi.
Lekin ilohiyot yordamida bunga erishib bo‘lmaydi. Chunki keng
qamrovli olamni bilish faqat imon-e’tiqodning ishi emas, balki
fikr-mulohazaning ishidir. Aniqroq qilib aytganimizda, bu bo-
radagi ziddiyatlarni Kuzanskiy aql yordamida bartaraf etmoqchi
bo‘ladi. Uning fikriga muvofiq, fikr-mulohaza yordamida inson
haqiqatga yaqinlashadi. Shunday qilib, Renessans davrining mash-
hur dindori va faylasufi Nikolay Kuzanskiyning haqiqat to‘g‘risidagi
qarashlari antisxolastik, antidogmatik xarakterga ega edi.
Renessans davri Yevropa falsafiy merosini olam, odam, Xudo
borlig'i va birligi to‘g‘risida yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirdi. Olsha
birlik, o'zaro aloqadorlik yangicha talqin qilindi, yangicha falsafiy
xulosalar chiqarildi. Bunday tendensiyani mashhur italyan fayla
sufi Jordano Bruno' qarashlarida yaqqol ko'rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: