O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


b) Olam, odam, Xudo borlig‘i va birligi haqidagi



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

b) Olam, odam, Xudo borlig‘i va birligi haqidagi
tasawurlarning tubdan o ‘zgarishi
Renessans davri Yevropa falsafasining o'ziga xos xususiyat­
laridan biri — tabiat falsafasining yangi bosqichga ko‘tarilganligi 
bilan ifodalanadi. Tabiat falsafasining yangi bosqichga ko‘tarilishi
— Renessans madaniyati va gumanistik falsafasi rivojining mah- 
suli, uning hosilasi edi. Ana shunday burilish davrida inson o‘zi 
uchun yangi istiqbollar ochdi, xususan, o'zining olamdagi o ‘mi, 
ijodiy faoliyatidagi erkinlikni mustahkamlashda yangi imkoniyat- 
lar vujudga kelganligiga ishonch hosil qila boshladi. Olamning 
tabiiy manzarasini, hatto inson o‘z tabiatini bilishga qodir 
ekanligiga ishona boshladi. Insonning qadr-qimmatini ulug‘lash, 
unga eng oliy qadriyat deb qarash, erkinlik idealining yanada 
rivojlanishi uchun yangi ma’naviy muhit yaratdi.
Renessans tabiat falsafasi ildizlari qadimgi Yunon falsafiy 
merosiga, xususan, platonizmga, stoiklar panteizmiga, ionik 
falsafaga borib taqaladi. Shuningdek, Renessans tabiat falsafasi 
o'rta asr falsafiy tafakkurining noortodoksal an’analariga, Sharq 
falsafiy merosiga, xususan, Ibn Rushd qarashlariga (averroizm- 
ga), neoplatonistik, panteistik qarashlarga tez-tez murojaat qi­
ladi. Renessans davri tabiat falsafasi o'zining aristotelizm sxo- 
lastikasidan yuz o'girganligi bilan o'tmishdan mutlaqo farq qiladi. 
Bunday tendensiyani Nikolay Kuzanskiy (1401—1464), Bernardi­
no Telezio (1509—1583), Franchesko Patritsi (1529—1597), 
Jordano Bruno (1548—1600) ijodlarida yaqqol ko‘rishimiz 
mumkin.
Italyancha naturfilosofiyasining o‘tmishdoshi Yevropa Renes­
sans davri dialetikasining asoschisi, nemis kardinali Nikolay
84


Kuzanskiy1 olam, odam, Xudo borlig'i va birligi haqida qadimgi 
zamon va o‘rta asr falsafasidan tub farq qiladigan yangi g'oyalami 
bayon qildi.
Kuzanskiy falsafasida markaziy o‘rinlardan birini egallaydigan 
m uam m o Xudo haqidagi ta ’limotdir. 0 ‘rta asr sxolastik 
an’analariga asoslanib fikr yuritgan mutafakkiming tushunti­
rishicha, Xudo borlig‘i olam, xususan, tabiat borlig'i va inson 
borlig'ining shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Lekin u Xudoni o‘rta asrga xos ortodoksal sxolastik talqin qi- 
lishdan chekinib, antik panteizmga yaqinroq g'oyani ilgari sura- 
di va Xudoni depersonalizatsiya qiladi. Xudo «o‘zgacha», «borliq
— imkoniyat», «o‘zi imkoniyat», eng muhimi, «absolut mak- 
simum» kabi cheksiz imkoniyatlarga ega ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. 
Olam esa cheklangan maksimumlar cheksizligidir.
Kuzanskiyning tushuntirishicha, Xudoning o‘zi ham turli 
qarama-qarshiliklardan iborat. Bunday holatni unga o‘z bisoti- 
dagi cheksizlik ifodasi bo‘lgan mutlaq maksimallikning o‘zi yaratib 
bergan. Boshqacharoq qilib aytganimizda, Xudoning bisotida qa- 
rama-qarshiliklarning vujudga kelishining muhim shart-sharoit- 
laridan biri uning o‘zida mavjud bo‘lgan mutlaq maksimallikdir. 
Xuddi shuning uchun Xudo har qanday operatsiyalardan ham 
ozor topmaydi. Bundan tashqari Xudo bo‘linmasligi bilan ham 
o'zidagi mutlaq maksimallikni namoyon etadi. Xudo o‘zida turli 
qarama-qarshiliklar birligini mujassamlashtiradi. Xudo bisotida 
turli qarama-qarshiliklar birligining mujassam bo‘lishi undagi 
mutlaq maksimallik va mutlaq minimalliklar birligining ifoda- 
sidir.
Xudoda maksimallik va minimallikning uyg‘unlashuvi ba’zi 
xulosalarni keltirib chiqaradi. Birinchidan, Xudo olamdagi hamma 
narsada namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham olamni Xudodan 
tashqarida deb o‘ylash be’manilikdir. Ikkinchidan, Xudo sabab 
va oqibat birligidir, ya’ni uning o‘zi, ham yaratuvchi, ham 
yaraluvchidir. U chinchidan, olam da ko‘zga ko‘rinadigan

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin